24.07.2025
Hisob palatasining birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha brifingi
Hisob palatasi tomonidan 2025 yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Hisob palatasida amalga oshirilgan tizimli ishlar va transformasion jarayonlar haqida ma'lumot berildi.

Ta'kidlanganidek, 23 iyul kuni Prezidentimiz Hisob palatasining faoliyati hamda ijro tizimini takomillashtirish chora-tadbirlariga oid taqdimoti bilan tanishdi. Endilikda Hisob palatasi faqat nazorat qiluvchi emas, balki byudjet intizomiga ko‘maklashuvchi va xulosa beruvchi idoraga aylangani aytib o‘tildi. Shu bois asosiy e'tibor moliyaviy intizom buzilishining oldini olish (profilaktika), buning omillarini tahlil qilishga qaratilmoqda.
Hisob palatasi faoliyati byudjet intizomini kuchaytirish, xarajatlar samaradorligini oshirish maqsadida byudjet intizomi buzilishini barvaqt oldini olishga qaratildi.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti izchil o‘sib bormoqda. Shunga mutanosib ravishda davlat xarajatlari so‘nggi 8 yil davomida 6 barobarga oshgan. Bu, o‘z navbatida, moliyaviy nazorat ko‘lami va ish hajmini ham oshiradi. Buni qamrab olishning samarali yo‘li – raqamlashtirish.
Shuning uchun, Hisob palatasida raqamli transformasiya jarayonlariga xalqaro standartlar asosida ustuvor e'tibor qaratilmoqda.
2025 yilning I yarim yilligida 38 ta audit tadbirlari o‘tkazildi. Shundan, 23 tasi joyiga chiqqan holda va 15 tasi masofaviy tahlil qilindi.
Byudjet xarajatlari mablag‘larini iqtisod qilish, maqbullashtirish va qo‘shimcha daromadlarni aniqlash maqsadida Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament o‘rtasida qo‘shma qaror qabul qilindi. Tuzilgan Ishchi guruhlar tomonidan byudjetdan mablag‘ oluvchi 22 ta vazirlik va idoralarda amaliy ishlar hozirda olib borilmoqda.
Audit natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Prezident Administratsiyasiga kiritib borildi.
Byudjet xarajatlarining samaradorligi va qonuniyligini ta'minlash hamda tushumlar to‘liqligi ustidan nazorat ishlari Hisob palatasi tomonidan bundan keyin ham davom ettiriladi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_c2643f9838d64ce8d5b16ca3.jpg)
Senatda Sloveniya Audit sudi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
740
21.04.2026
“Davlat auditida katta hajmli ma’lumotlarni intellektual tahlil qilishda mavjud muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusida konferensiyaning ikkinchi parallel sessiyasi bo‘lib o‘tdi
672
23.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/e07ccfb3-1677-f18b-e313-35652ce82647.jpg)
Byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha amaliy seminar
1805
21.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_519f84e6d70efa9488c3aa86.jpg)
Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining auditi
2769
01.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_a73356185a6883498a6d3868.png)
Hisob palatasi 2025 yil yakunlari bo‘yicha hisobotini e’lon qildi
2028
30.04.2026