O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etildi.
08.05.2026
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida davlat moliyaviy nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Mazkur tadbir PF-252-son Farmon ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazilib, unda nazoratning yangi — “aniqlash emas, oldini olish” tamoyiliga asoslangan yondashuvga o‘tish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu yondashuv moliyaviy qoidabuzarliklarning oqibatlarini bartaraf etishdan ko‘ra, ularning kelib chiqish omillarini barvaqt aniqlash va oldini olishni nazarda tutadi.
Tadbirda vazir o‘rinbosari, vazirlik va uning tizimiga kiruvchi 5 ta tashkilotdan 25 nafardan ortiq mas’ul rahbar va mutaxassislar, jumladan moliya bo‘limlari rahbarlari, bosh hisobchilar, davlat xaridlari, komplaens va ichki audit xizmatlari vakillari ishtirok etdi.
Seminar davomida Hisob palatasining vazirlikdagi vakili N. Sagindikov tomonidan kun tartibidagi masalalar, jumladan Prezident farmonining mazmun-mohiyati, moliyaviy xavflarni barvaqt aniqlash, byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash hamda davlat xaridlarida korrupsiyaviy omillarni kamaytirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Qayd etilganidek, 2026-yil 1-apreldan boshlab davlat organlarida Hisob palatasi vakili — bosh inspektor instituti joriy etilgan bo‘lib, bu moliyaviy nazoratni yanada kuchaytirish va uning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasining “2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga ajratiladigan byudjet mablag‘lari jami 1 621,6 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 106,0 mlrd so‘mi (6,5 foiz) vazirlik markaziy apparati xarajatlariga, 5,4 mlrd so‘mi (0,3 foiz) Xorijiy investitsiyalar agentligiga, 25,9 mlrd so‘mi (1,6 foiz) vakolatxonalar faoliyatiga, 5,3 mlrd so‘mi (0,3 foiz) a’zolik badallari va xalqaro tashkilotlar aksiyalariga, 23,1 mlrd so‘mi (1,4 foiz) xorijiy delegatsiyalar xarajatlariga, 450,0 mlrd so‘mi (27,8 foiz) savdoga ko‘maklashish jamg‘armasini shakllantirishga hamda 1 005,9 mlrd so‘mi (62,1 foiz) boshqa yo‘nalishlarga sarflanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, seminarda bosh inspektorlar instituti, raqamli nazorat va doimiy monitoring mexanizmlarini joriy etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur mexanizmlar har bir byudjet mablag‘ining sarflanishi ustidan samarali nazoratni ta’minlash, davlat resurslaridan foydalanishda shaffoflik va manzillilikni oshirishga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga moliyaviy intizomni mustahkamlash, qonunbuzilishlarning oldini olish hamda nazorat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3876eec01456bd2a314d9f10.jpg)
Energetika tarmogʻida boshqaruv va masʼuliyatni kuchaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi
834
26.07.2026
TDIUda Hisob palatasi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
1139
25.06.2026
Xavflarni boshqarish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha seminar
2939
20.06.2025
Sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro loyihalar samaradorligi muammolari
1240
04.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4312aac0e6a46ddef374b390.jpg)
Xalq bankida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar ajratilishi masofaviy auditdan o‘tkazildi
2389
09.09.2025