Hisob palatasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 iyuldagi PF-100-sonli Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida xavflarni boshqarish tizimini samarali yo‘lga qo‘yilishini ta'minlash mavzusida seminar tashkil etildi.
20.06.2025
Xavflarni boshqarish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha seminar
Seminarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 250 nafarga yaqin ichki audit, moliya-iqtisod, korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmalari rahbarlari hamda Xavflarni boshqarish qo‘mitasi a'zolari ishtirok etdi.
Seminarda Hisob palatasining mas'ul xodimlari xavflarni aniqlashda ushbu idoraning “Masofaviy nazorat” markazi axborot tizimlaridan foydalanish hamda ichki nazoratni samarali tashkil etish to‘g‘risida tushuntirishlar berdi.
Tadbir interaktiv muloqot formatida tashkil etildi.
Xavflarni boshqarish qo‘mitasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, xavflarni aniqlashda axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda davlat organlari va tashkilotlarida ichki nazoratni tashkil etishga oid muammolar bo‘yicha tomonlarni qiziqtirgan savol va amaliy takliflar eshitildi.
Hisob palatasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan mavjud muammolarning yechimlari yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d2a2673bdef33bed336fd3a2.jpeg)
Hisob palatasi delegasiyasi XXV INKOSAIda ishtirok etdi
1985
28.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_47886fe23e19760fc2206c69.jpg)
BAYRAM TABRIGI
1071
17.02.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_402babd323ce71f3d26c3149.jpg)
Davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish Strategiyasining ijrosi
2512
19.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_69a1d21cf83fbc2a0677112b.jpg)
BAYRAM TABRIGI
1058
18.03.2026
Hisob palatasida Islom taraqqiyot banki baholash missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
917
26.07.2026