Hukumat qarori bilan tasdiqlangan 2021 – 2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish Strategiyasi ijrosi Hisob palatasi tomonidan auditdan o‘tkazildi.
19.09.2025
Davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish Strategiyasining ijrosi

Strategiyada ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan korxonalar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan 160 ta topshiriq va maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan.
Audit davomida 124 ta (78 %) topshiriq ijrosi ta'minlangani, 10 tasi (6 %) davom etayotgani ma'lum bo‘ldi.
Strategiyada belgilangan vazifalar va maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilishi oqibatida quyidagi ijobiy natijalarga erishilgan:
– Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish sohasidagi 40 ta qonunchilik hujjatlari takomillashtirilgan, 32 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan;
– faoliyat ko‘rsatmayotgan, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli 736 ta davlat ishtirokidagi korxonalar tugatilgan;
– Davlat ishtirokidagi korxonalar soni 67 foizga qisqartirilgan;
– korxonalar faoliyatining moliyaviy ko‘rsatkichlari yaxshilangan;
– faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqqan holda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi elementlari amaliyotga tatbiq etilgan.
Shuningdek, qonunchilik bazasi va monitoring tizimi mavjud emasligi hamda amaliy choralar ko‘rilmagani sababli 26 ta (16 %) topshiriq ijrosi o‘z muddatida ta'minlanmagan.
Hisob palatasi tomonidan audit natijalari bo‘yicha Strategiyada belgilangan maqsadlarga erishishni ta'minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3e723a0064aa70e40a6aafac.jpg)
Hisob palatasi INTOSAIning Davlat qarzi bo‘yicha ishchi guruhiga a’zo bo‘ldi
973
26.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/27151d48-0f60-0f79-41a2-a45d0b89f967.jpg)
Ommaviy tadbirlarda qatshish
2215
05.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b802463fa079e7fe3e4fc61c.jpg)
Turkiy davlatlar Oliy audit organlari tashkiloti (TURKSAI) ga asos solindi
1856
23.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/e07ccfb3-1677-f18b-e313-35652ce82647.jpg)
Byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha amaliy seminar
2093
21.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b5d0dbe48c83b3534143ef98.jpg)
Qaşqadaryo salohiyatini aholi daromadi va yangi iş örinlariga aylantiriş vazifalari belgilandi
252
21.10.2026