Hisob palatasi tomonidan Bosh prokuratura va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda “Byudjetdan ish haqiga, qurilishga, xaridlarga va boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanishni kuchaytirish” mavzusida Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida ikki kunlik o‘quv-amaliy seminar tashkil etilmoqda.
Byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha amaliy seminar

Unda vazirlik va idoralarning ichki audit, moliya-iqtisod va komplayens nazorati xizmatlari rahbar va xodimlari ishtirok etmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – davlat moliyaviy nazoratini kuchaytirishda jamoatchilik ishtiroki va nazoratini kengaytirish.
Davlatimiz Rahbari tomonidan barcha davlat idoralari oldiga “tejamkorlik va barqarorlik” tamoyili asosida byudjet mablag‘larini tejash va samaradorligini oshirish topshirig‘i belgilangan.
Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullayev o‘z ma’ruzasida byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oluvchi 12 ta vazirliklarda byudjet intizomini kuchaytirish va mablag‘lardan maqsadli foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan nazorat ishlari haqida aytib o‘tdi.
Ta’kidlanganidek, Hisob palatasida tashkil etilgan **“Masofaviy nazorat markazi”**da raqamlashtirish doirasida “Masofaviy audit” axborot tizimi joriy etilib, 28 ta yo‘nalishda avtomatik tahlillarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, 12 ta vazirliklarda byudjet ijrosi doirasida xato va kamchiliklarni barvaqt aniqlash va moliyaviy nazoratni raqamlashtirish maqsadida “Situatsion markazlar” tashkil etilib, ularga “Masofaviy audit” hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Monitoring portali” axborot tizimlari o‘rnatilgan.
So‘ng Hisob palatasi raisi o‘rinbosari S. Mirzayev 2025 yilda davlat byudjeti mablag‘lari samarali va maqsadli sarflanishi ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatish hamda moliyaviy huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ichki audit xizmatlarining samaradorligini oshirish masalalariga urg‘u berdi.
Spikerlar tomonidan byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni, maqsadsiz xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik, byudjet intizomiga amal qilish va qonunbuzilish holatlarini oldini olish muhimligi ta’kidlandi.
Seminar davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_5968d0bda533283d4c577372.jpg)
Prezident Shavkat Mirziyoyev: “2026-yil barcha sohalarni rivojlantirishda tub burilish yili bo‘ladi”
25.12.2025
2025 yilgi Osiyo baholash haftaligi
04.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_519f84e6d70efa9488c3aa86.jpg)
Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining auditi
01.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7d047d561b6d4c5dfd0bffee.jpg)
Byudjet va ijro intizomini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi
22.07.2025
Toshkentda Davlat auditini raqamlashtirish va sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya tantanali ravishda ochildi
23.05.2026