Hisob palatasi tomonidan 2023-2024 yillarda Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining samaradorligi auditdan o‘tkazildi.
01.10.2025
Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining auditi

Audit jarayonida mablag‘lardan maqsadli foydalanish va ob'ektlarni topshirish va ularning samaradorligi bo‘yicha qator tizimli ishlar amalga oshirilgan.
Shu bilan birga, ayrim xato va kamchiliklar aniqlangan.
Masalan, Davlat qabul hay'atlarining tegishli dalolatnomalariga ko‘ra, foydalanishga topshirilgan ob'ektlar belgilangan tartibda foydalanuvchi tashkilotlar balansiga topshirilmagan.
Audit jarayonida loyihalarni Shaharsozlik norma va qoidalariga moslashtirilishi natijasida mablag‘larni maqbullashtirish imkoniyati aniqlandi.
Mavjud texnik nazoratchilardan qurilish ob'ektlarida texnik nazoratni olib borish huquqini beruvchi mutaxassis sertifikatiga ega bo‘lmasdan texnik nazorat olib borilgan. Amaldagi tartibga zid ravishda bitta texnik nazoratchiga o‘rtacha belgilangan normativdan ko‘p (normativ bo‘yicha 5 tadan 10 tagacha) ob'ektlarda buyurtmachi vazifasi berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi PQ–408-son qaroriga asosan Ko‘kdala va Chiroqchi tumanlarida qurilgan suv saqlash inshootlari audit jarayonida joyiga chiqib o‘rganilgan. Aholiga ichimlik suvi tarmog‘i tortilmaganligi (mablag‘ yetishmaganligi) sababli ulardan samarali foydalanilmayotganligi aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyundagi PQ–271-son qaroriga asosan “Chiroqchi” EIZ uchun 2022-2023 yillarda qurilgan ichimlik va oqova suv ta'minoti ob'ektlari elektr tarmoqlariga ulanmaganligi sababli bugungi kunga qadar foydalanilmay kelinmoqda.
Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Hisob palatasi tomonidan tegishli idoralarga taklif va tavsiyalar taqdim etildi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1606ac7e2abc192c7af47e44.jpg)
Hisob palatasining 2025-yildagi faoliyati yakunlari ko‘rib chiqildi
1318
22.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_5c8f21c8e004467c7e1ac669.jpg)
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Hisob palatasi xodimlari taqdirlandi
797
27.08.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0093c92d36d935a326089843.jpg)
Yirik davlat korxonalarini raqamlashtirish yuzasidan vebinar
1377
29.01.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_8f8a74f019d782ef745139b4.jpg)
Mahalliy budjetlarda qo‘shimcha manbalar shakllanishi va ulardan foydalanilishi tahlili
1023
20.04.2026
Madaniyat vazirligiga Hisob palatasi vakili — Bosh inspektor tayinlandi
996
12.05.2026