Joriy yilning 27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
27.08.2026
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Hisob palatasi xodimlari taqdirlandi

Tadbirda Hisob palatasining bir guruh xodimlariga «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi. Jami 56 nafar xodim ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Marosimda ta’kidlanganidek, mazkur yuksak e’tirof, avvalo, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Hisob palatasi jamoasiga bildirilayotgan yuksak ishonch va e’tiborning yorqin ifodasidir. Davlat rahbarining qo‘llab-quvvatlovi va tashabbuslari natijasida Hisob palatasi faoliyatini xalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etish, davlat moliyaviy nazoratini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, so‘nggi yillarda Hisob palatasi faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, institutning vakolatlari va vazifalari kengaytirildi.
Bugungi kunda davlat moliyaviy nazoratida raqamlashtirish, masofaviy audit, risklarni oldindan aniqlash, katta ma’lumotlar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali nazorat tadbirlarining samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tadbirda so‘zga chiqqan Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullayev taqdirlanganlarni Mustaqillikning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, esdalik nishoni xodimlarning tizimdagi samarali mehnati, o‘z vazifalariga mas’uliyat va sadoqat bilan yondashuvi, davlat va xalq manfaatlarini ustuvor qo‘yib faoliyat yuritayotganiga berilgan munosib baho ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, bugun Hisob palatasi oldida davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish, budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, moliyaviy intizomni mustahkamlash, davlat boshqaruvida ochiqlik va hisobdorlikni oshirish kabi muhim vazifalar turgani qayd etildi. Bu jarayonlarda har bir xodimning bilim va tajribasi, kasbiy mahorati, tashabbuskorligi hamda o‘z ishiga sadoqati muhim ahamiyat kasb etadi.
M. Abdullayev o‘z nutqida taqdirlangan 56 nafar xodimning har biri Hisob palatasining yagona jamoasi sifatida erishilayotgan natijalarga munosib hissa qo‘shib kelayotganini alohida ta’kidladi. Har bir tahlil, o‘rganish va nazorat tadbiri ortida davlat mablag‘laridan oqilona foydalanish, budjet manfaatlarini himoya qilish va xalq farovonligiga xizmat qilishdek yuksak maqsad mujassam ekani qayd etildi.
Ta’kidlanganidek, yuksak davlat e’tirofi erishilgan natijalarni munosib davom ettirish, o‘z ustida yanada ko‘proq ishlash va xalq ishonchini oqlash uchun yangi rag‘batdir. Shu bois, taqdirlangan xodimlardan kelgusida ham yuksak professionallik, halollik, xolislik, prinsipiallik va tashabbuskorlik bilan mehnat qilish, Hisob palatasi oldida turgan vazifalarni samarali amalga oshirishda faol ishtirok etish kutilmoqda.
Marosim yakunida taqdirlangan xodimlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va baxt-saodat, kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va zafarlar tilab, Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin, degan ezgu tilaklar bildirildi.
Tantanali tadbir jamoada Vatanga sadoqat, kasbga fidoyilik, hamjihatlik va yangi mehnat yutuqlariga intilish ruhini yanada mustahkamladi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_59f9fe201a2ae32278204101.png)
Latviya Oliy audit organi vakillari Valentin Persans va Zane Vintere: Auditni raqamlashtirish istiqbollari haqida
896
24.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_eaefb543b2f7ac687b3edf88.png)
Toshkent shahar issiqlik ta’minoti uchun budjetdan ajratilgan subsidiyalarning asosliligi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari
1107
08.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ff8c6fb7e81fe4fbfa8b6af2.jpg)
HUDUDIY IJTIMOIY VA ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH DASTURLARI IJROSI TAHLILI NATIJALARI
990
13.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_abbf61f017bbd50d4d7cab39.jpg)
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tinglandi
2570
24.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_baf350a80a3a9a85b8d90367.jpg)
Qozog‘istonlik ekspert: “Raqamli audit va Big Data davlat moliyaviy nazoratining kelajagini belgilaydi”
1025
25.05.2026