Hisob palatasida Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Vazirlik tomonidan 2025 yil I-yarim yillik natijalari va II-yarim yillikda ko‘zlangan maqsadlar yuzasidan hisobot berildi.
24.07.2025
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tinglandi

Taqdimotda Vazirlik xarajatlari, rivojlantirish dasturlari, investisiya loyihalari muhokama qilindi. Moliyaviy xato va kamchiliklar, noqonuniy xarajatlarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha qilingan ishlar tinglandi.
Ma'lum qilinishicha, Vazirlikda 33 ta shtat birligidan iborat Ichki audit departamenti tashkil qilindi. Shuningdek, Vazirlikda kollegial asosda Xavflarni boshqarish qo‘mitasi tashkil qilinib, qo‘mita tarkibi va Nizomi tasdiqlandi hamda ish faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Moliyaviy risklarni tahlil qilish imkonini beruvchi “Situasion markaz” ham tashkil etildi. Uning ma'lumotlari Hisob palatasining “Masofaviy audit” axborot tizimiga integratsiya qilingan.
Hisobotda 2-yarim yillik uchun belgilangan vazifalar bayon qilindi. Jumladan, tibbiyot tizimidagi muassasalarda dori vositalari va ehtiyojlarni aniqlash bo‘yicha yagona elektron bazasini yaratish, dori vositalari va tibbiy buyumlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish yuzasidan chora tadbirlar qabul qilish rejalashtirilgan.
Hisob palatasi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan monitoring va nazorat olib borish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f9d55e4d25ffcb48138900f6.png)
Misrlik auditor: “Sun’iy intellekt va raqamli audit davlat auditini yangi bosqichga olib chiqadi”
1031
22.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f3c009b9c3443b252646fc13.jpg)
Mahalliy byudjetlarning 2024 yil ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlari tashqi auditi natijalari kengashlarda muhokama qilindi
2343
16.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1915d90a02d1d80db089b05a.jpg)
Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo taraqqiyot bankining yillik yigʻilishi doirasida hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berdi
1690
04.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6fce33862eb98f56d2363cab.jpg)
Hisob palatasi ShHTga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi
1953
14.04.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ca0d42ac33b894ff92c97c89.jpg)
BAYRAM TABRIGI
3987
16.11.2025