Hurmatli yurtdoshlar! O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi Sizlarni 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etadi!
16.11.2025
BAYRAM TABRIGI

Davlat bayrog‘imiz – xalqimizning erki, mustaqilligi, milliy o‘zligimiz va buyuk maqsadlarimiz timsolidir.
Undagi ranglar hamda ramzlar ajdodlarimizning bebaho merosini, bugungi bunyodkorlik yo‘limizni va kelajak avlodlarga bo‘lgan ishonchimizni mujassam etadi.
Har bir vatandoshimiz qalbida faxr-iftixor uyg‘otadigan bu muqaddas timsol bizni yuksak birlikka, yurt ravnaqi yo‘lida mas’uliyat bilan xizmat qilishga chorlaydi.
Hisob palatasi jamoasi ham qat’iy mas’uliyat va fidoyilik bilan davlat budjeti va davlat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, iqtisodiyotimiz barqarorligi hamda xalq farovonligini oshirish yo‘lida xizmat qilishni davom ettirmoqda.
Ushbu qutlug‘ kunda barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik va xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.
Davlat bayrog‘imiz doimo balandlarda hilpirab, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarimizga madadkor bo‘lsin!
Bayram muborak, aziz yurtdoshlar!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_287ef3a2922143be6a50f67d.jpg)
TAYINLOV
1234
08.10.2026
Toshkentda Davlat auditini raqamlashtirish va sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya tantanali ravishda ochildi
881
21.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_16bbae430c2229241ed10b77.jpg)
Hisob palatasi transformatsiyasi va islohotlar natijadorligini ta’minlaşda davlat auditining örni
567
27.10.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_504e59099f384d4f7c98bdcc.jpg)
Sloveniyada Visegrad guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
331
16.09.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_37e702064360a39ab333516b.jpg)
Toshkent viloyatidagi rivojlantirish dasturlarining samaradorligi auditdan o‘tkazildi
2183
08.10.2025