Toshkent viloyatida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga 2023-2024 yillarda ajratilgan mablag‘larning samaradorligi va maqsadliligi auditdan o‘tkazildi.
08.10.2025
Toshkent viloyatidagi rivojlantirish dasturlarining samaradorligi auditdan o‘tkazildi

Audit jarayonida viloyatda amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar qad etildi. Shu bilan birga, o‘rganish davomida qator kamchiliklar ham aniqlandi.
Xususan, loyiha korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan “Parkent tumani Krasnogorsk shaharchasidagi mavjud oqava suv tozalash inshootini qurish va rekonstruksiya qilish” va “Nurafshon biznes siti”ning Yangi O‘zbekiston bog‘i amfiteatr va sun'iy ko‘l barpo etish ob'ektlari loyiha smeta hujjatlarida shaharsozlik normalari va qoidalari me'yorlari va ish turlari noto‘g‘ri kiritilishi aniqlanib, o‘rganish davrida bartaraf etildi.
Davlat qabul hay'atlarining tegishli dalolatnomalariga ko‘ra 2023-2024 yillarda foydalanishga topshirilgan 58 ta ob'ekt o‘z muddatida foydalanuvchi tashkilotlar balansiga topshirilmagan. Ular o‘rganish davrida foydalanuvchilar balansiga o‘tkazildi.
Viloyat hokimligi “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati” tomonidan 2023-2024 yillarda 36 ta o‘z muddatida foydalanishga topshirilmagan ob'ektlarning topshirilishi ta'minlandi.
Ajratilgan mablag‘lar hisobidan qurilish ishlarini amalga oshirish natijasida 3 ta 958 o‘rinli maktab yangidan qurildi, 51 ta (24 410 o‘rinli) umumta'lim maktabi rekonstruksiya qilindi, 3 ta (390 o‘rinli) maktabgacha ta'lim muassasasi yangidan qurib topshirildi, 12 ta (2 040 o‘rinli) rekonstruksiya qilindi.
700 qatnovga mo‘ljallangan 4 ta oilaviy poliklinika yangidan qurildi, 900 qatnovga mo‘ljallangan 8 ta oilaviy poliklinika va 235 o‘rinli davolash muassasalari rekonstruksiya qilindi.
Suv ta'minoti va oqava suv bo‘yicha 1 448 km uzunlikdagi ichimlik suv quvuri tortildi. 217 km oqava suv tarmog‘i qurildi. Bir sutkada 4000 m3 oqava suvni tozalash inshooti ishga tushirilgan.
Viloyat hududidagi 628 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil' yo‘llari va 1715 km uzunlikdagi ichki yo‘llar ta'mirlandi.
Yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish yuzasidan Hisob palatasi tomonidan tegishli davlat tashkilotlariga ko‘rsatmalar berildi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_e00aada1263b4ab6f4dfc2f4.jpg)
“Dori-Darmon” AK auditdan o‘tkazildi
3100
21.09.2025
Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasi raisi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
1228
09.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_92626b0c1bf85249abe26e83.jpg)
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
1193
12.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_402babd323ce71f3d26c3149.jpg)
Davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish Strategiyasining ijrosi
2511
19.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_36b54f2b28999610ababf55d.jpg)
Byudjet intizomini ta'minlashda davlat moliyaviy nazorati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi
2952
20.11.2025