21.09.2025
“Dori-Darmon” AK auditdan o‘tkazildi
Hisob palatasi tomonidan “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar faoliyati normativ hujjatlarga muvofiqligi hamda samaradorligi tahlil qilindi.

Ma'lumot o'rnida: “Dori-Darmon” AK – O‘zbekiston farmasevtika bozoridagi yetakchi ulgurji-chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi korxona hisoblanadi. Kompaniyaning hududiy bo‘linmalari tarkibida 6 ta aksiadorlik jamiyatlari va 7 ta mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, shu jumladan, 17 ta omborlar, 15 ta tahliliy-analitik laboratoriyalari mavjud. Bugungi kunda “Dori-Darmon” AK tomonidan 1600 dan ortiq ijtimoiy dorixona tashkil etilgan. U 130 dan ortiq yetakchi xorijiy firmalar bilan hamkorlik qiladi.
Tahlillar Kompaniyada samaradorlikni oshirish maqsadida moliyaviy, tashkiliy va boshqaruv tizimlar takomillashtirish hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish lozimligini ko‘rsatdi.
Xususan, “Dori-Darmon” AKning bozordagi ulushi, import va ishlab chiqarishdagi ishtiroki mavjud resurslarga muvofiq emas.
O‘rganishda Kompaniyaga moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiq hamda konsolidasiyalashgan tarzda shakllantirish, davlat haridlari, dorixonalardagi videokuzatuv tizimlari bo‘yicha qonunchilik talablariga qat'iy rioya qilinishi ta'minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, debitor va kreditor qarzdorlik bo‘yicha nazoratni kuchaytirish, Kompaniya va uning tizim tashkilotlarida ish jarayonlarini raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish imkoniyatlari mavjudligi ma'lum bo‘ldi.
Hisob palatasi tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Kompaniya rahbariyati bilan muhokamalar o‘tkazilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi va ijrosi nazoratga olindi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/458ab4db-04c2-a944-9997-44e758329b59.jpg)
Farg‘ona viloyati hokimligida Prezident topshiriqlari ijrosiga doir seminar
2008
26.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_216eddd218e25f8eaa1ee2b9.jpg)
Aksilkorrupsiya tarmog‘i xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tdi
1842
27.05.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_92626b0c1bf85249abe26e83.jpg)
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
897
12.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6f6c509bda2bf869253a3d1b.jpg)
Latviya Davlat audit idorasi rahbari Oliy Majlis palatalarida qabul qilindi
1593
04.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/e07ccfb3-1677-f18b-e313-35652ce82647.jpg)
Byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha amaliy seminar
1805
21.01.2025