O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi INTOSAIning Qazib oluvchi sanoat tarmoqlari auditi bo‘yicha ishchi guruhiga (Working Group on Extractive Industries – WGEI) rasman qabul qilindi.
15.05.2026
Hisob palatasi INTOSAIning Qazib oluvchi sanoat tarmoqlari auditi bo‘yicha ishchi guruhiga a’zo bo‘ldi

Mazkur qaror Uganda Respublikasi Bosh auditori hamda Qazib oluvchi sanoat tarmoqlari auditi bo‘yicha INTOSAI ishchi guruhi raisi Edvard Akol tomonidan yuborilgan rasmiy maktubda ma’lum qilindi.
Ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining qazib oluvchi sanoat sohasida auditni rivojlantirish, sohadagi salohiyatni oshirish va xalqaro tajribani joriy etishga qaratilgan tashabbuslari yuqori baholangan.
Ma’lumot uchun: INTOSAIning Qazib oluvchi sanoat tarmoqlari auditi bo‘yicha ishchi guruhi qazib oluvchi sanoat sohasida audit samaradorligini oshirish, xalqaro standart va ilg‘or amaliyotlarni joriy etish, sohadagi dolzarb muammolar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan nufuzli platformalardan biri hisoblanadi.
Ishchi guruh 2013 yilning oktabr oyida Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan Oliy audit organlari xalqaro tashkilotining (INCOSAI) 21-Kongressida tashkil etilgan.
Ishchi guruh global ehtiyojlarga javoban, sektorning texnik murakkabligi, salohiyatni oshirish zarurati, ixtisoslashgan xodimlarni shakllantirish va Oliy audit organlarining qazib oluvchi sanoatni audit qilishda aniqlagan tadqiqot natijalariga asoslanib tashkil etilgan.
Tuzilmaning faoliyat doirasi neft, gaz va qattiq minerallarni qamrab oladi.
Undagi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining ishtiroki har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi qayd etildi. A’zolik Hisob palatasiga qazib oluvchi sanoat sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, strategik minerallar bilan bog‘liq global muammolarni o‘rganish, Oliy audit organlarining ushbu jarayonlardagi roliga yangicha baho berish imkonini beradi.

Boshqa yangiliklar
Xalqaro konferensiyaning ikkinchi kuni “IT Park”da davom etdi
1073
23.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3877068db2acbfc4c659f3b6.jpg)
Iqtisodiyotda yuqori oʻsishni taʼminlash va aholi farovonligini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi
1153
20.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7ab13ad0abc2fa6eef8a78b6.jpg)
Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt ishga tushirildi
607
25.08.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3f9a058ed20c10183638ce10.png)
Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasi: “O‘zbekiston Respublikasi bizda juda ijobiy taassurot qoldirdi.”
1121
26.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_eaefb543b2f7ac687b3edf88.png)
Toshkent shahar issiqlik ta’minoti uchun budjetdan ajratilgan subsidiyalarning asosliligi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari
1107
08.07.2026