23.05.2026
Xalqaro konferensiyaning ikkinchi kuni “IT Park”da davom etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirishga qaratilgan PF–252-sonli Farmoni hamda Prezident Administratsiyasi topshiriqlari asosida 2026 yil 22–23 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Audit jarayonlarini raqamlashtirish va katta hajmli (Big Data) ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ikkinchi kuni o‘z ishini “IT Park”da davom ettirdi.
Konferensiyaning mazkur bosqichi davlat auditida raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etish masalalariga bag‘ishlandi.
Ikkinchi kun doirasida AZOSAI va INTOSAIga a’zo davlatlar oliy audit organlari vakillari, xalqaro ekspertlar hamda Toshkentda faoliyat yuritayotgan IT kompaniyalar mutaxassislari ishtirokida tajriba almashinuvi va amaliy muhokamalar tashkil etildi.
Muhokamalarda quyidagi yo‘nalishlar alohida e’tibor markazida bo‘ldi:
-davlat auditida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish;
-katta hajmli ma’lumotlar (Big Data) asosida tahliliy yondashuvlar;
-masofaviy audit va avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari;
-kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish;
-riskka asoslangan audit metodologiyalarini joriy etish.
Shu bilan birga, Xitoy milliy audit idorasi vakili tomonidan Xitoy Milliy audit idorasining davlat auditida katta hajmli ma’lumotlar (Big Data)ni intellektual tahlil qilish sohasidagi muammolar va innovatsion yechimlar bo‘yicha ilg‘or tajribasi mavzusida taqdimot namoyish etildi.
Undan tashqari, Armaniston, Vengriya, Chexiya va Ozarbayjon Respublikalari Oliy audit organi vakillari tomonidan quyidagi mavzular yoritildi:
Keyingi avlod Oliy audit organi: Raqamli transformatsiyaning kun tartibi;
Bir kechada 3 495 ta skanerlangan hujjatni (164 672 sahifa) qayta ishlash;
Xizmatlar katalogi raqamli yetuklik ko‘zgusi sifatida: davlat boshqaruvini raqamlashtirishni baholash bo‘yicha Chexiya tajribasi;
Katta hajmli ma’lumotlar asosida davlat auditi tahlili.
Shuningdek, ishtirokchilarga raqamli audit sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari va sun’iy intellektga asoslangan tahlil platformalari namoyish etildi.
Xalqaro delegatsiya vakillari “IT Park”da tashkil etilgan muhitni yuqori baholab, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xalqaro standartlarga mos ekanini alohida ta’kidladilar.
Konferensiya ishtirokchilari ushbu tashrif davlat auditi sohasida zamonaviy raqamli yechimlarni keng joriy etish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va tajriba almashinuvini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_36b54f2b28999610ababf55d.jpg)
Byudjet intizomini ta'minlashda davlat moliyaviy nazorati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi
2284
20.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_31b8131d0f85af086670a56b.jpg)
Vengriya davlati Oliy audit organi vakili Kristof Kovach: “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi — namunaviy ish olib borayotgan audit tashkiloti”
270
24.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_01897bf9acd5acd91ed6bcac.jpg)
Ijro intizomini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy seminar
1341
29.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d2a2673bdef33bed336fd3a2.jpeg)
Hisob palatasi delegasiyasi XXV INKOSAIda ishtirok etdi
52
28.10.2025
Hisob palatasida davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan vebinar o‘tkazildi
826
27.02.2026