Hisob palatasi tomonidan Sport vazirligi tizimida byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan monitoring va nazorat olib borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
06.07.2025
Sport vazirligida byudjet mablag‘larining samarali ishlatilishi ustidan monitoring

Joriy yilning 7 iyul' kuni Hisob palatasida Sport vazirligi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Vazirlikda 2025 yilning I-yarim yilligida byudjet va davlat dasturlarining ijrosi hamda tizimda nazorat ishlarini tashkil etilishi masalalariga bag‘ishlandi.
Hisob palatasi tashabbusi bilan, Vazirlikda “Situasion markaz” tashkil etilgan. Ta'kidlanganidek, bugungi kunda Vazirlik tomonidan 24 ta yirik axborot tizimlarini o‘z ichiga olgan “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi ishlab chiqilib, to‘liq joriy etilgan.
Shu bilan birga, “Raqamli hukumat” tizimi idorlararo integratsiyalashuv platformasi orqali 15 ta vazirlik va idorlarning axborot tizimlari integratsiya qilingan.
Uchrashuvda “Ijro.gov.uz” elektron tizimiga kiritilgan topshiriqlar ijro holati ham muhokama qilindi. Topshiriqlar ijrosini muvofiqlashtirish natijasida Vazirlik ichki audit xizmati tomonidan o‘tkazilgan audit tadbirlari yakuni bo‘yicha tahlillar taqdim qilindi.
Vazirlik mas'ullari tomonidan, shuningdek, yo‘lga qo‘yilgan moliyaviy nazorat mexanizmlari, byudjet mablag‘larini samaradorligini ta'minlash va raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berildi.
Hisob palatasi tomonidan Sport vazirligi tizimida byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan monitoring va nazorat olib borish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1ae5bb8f23d13809e328ce2d.jpg)
Tejamkorlik va barqarorlikni ta'minlashga bag‘ishlangan navbatdagi seminar
2394
05.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_081857bdefd9270f506beed6.jpg)
O‘zbekiston – Vengriya Oliy audit organlari munosabatlari tarixining yangi sahifasi
2266
26.03.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_97068a092541ecf6a23d6798.jpg)
O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi
2138
26.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_5c8f21c8e004467c7e1ac669.jpg)
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Hisob palatasi xodimlari taqdirlandi
797
27.08.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_44d17df107f8cfa422b956e6.png)
Hisob palatasi INTOSAIning Big Data bo‘yicha ishchi guruhiga a’zo bo‘ldi
689
17.12.2025