Davlatimiz Rahbari tomonidan joriy yilning 20 yanvarь kuni “Tejamkorlik va barqarorlikni ta'minlash” tamoyili asosida byudjet mablag‘larini tejash va samaradorligini oshirish bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rish topshirig‘i berilgan edi.
05.02.2025
Tejamkorlik va barqarorlikni ta'minlashga bag‘ishlangan navbatdagi seminar

Uning ijrosi doirasida Hisob palatasida byudjetdan ish haqiga, qurilishga, xaridlarga va boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanishni kuchaytirish yuzasidan hududiy Iqtisodiyot va moliya, G‘aznachilik va Pensiya bo‘limlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil qilindi.
Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullaev so‘nggi paytda ushbu idora o‘z faoliyatida “xato va kamchiliklarni aniqlash” emas, balki asosiy yo‘nalish sifatida byudjet mablag‘larining samaradorligini oshirish, nazorat ob'ekti faoliyati bo‘yicha tizimli muammolarni aniqlash va ularning yechimini topish kabi tahlillarga e'tibor qaratayotganini aytib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilari byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish va maqsadsiz xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik, byudjet intizomiga amal qilish va qonunbuzilish holatlarini oldini olish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishga chaqirildi.
Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan davlat dasturlarida belgilangan tadbirlarni o‘z muddatida moliyalashtirish, byudjet intizomiga rioya etilishini ta'minlash hamda xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha mulohaza va takliflar bildirildi.
Jalb qilingan idoralar tomonidan byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanishni kuchaytirish borasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_a73356185a6883498a6d3868.png)
Hisob palatasi 2025 yil yakunlari bo‘yicha hisobotini e’lon qildi
2567
30.04.2026
Ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari bo‘yicha seminar
2340
07.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_47886fe23e19760fc2206c69.jpg)
BAYRAM TABRIGI
1071
17.02.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d2a2673bdef33bed336fd3a2.jpeg)
Hisob palatasi delegasiyasi XXV INKOSAIda ishtirok etdi
1986
28.10.2025
2025 yilgi Osiyo baholash haftaligi
1931
04.09.2025