O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 iyun' kuni Belarus' Respublikasining Minsk shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining (YOII) navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi.
26.06.2025
O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi

Kun tartibidan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari o‘rin oldi.
O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida YOII mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish mamlakatimiz tashqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta'kidladi.
Davlatimiz rahbari yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston bilan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik qay darajada rivojlanayotgani to‘g‘risida ma'lumot berdi. Xususan, kuzatuvchi davlat maqomidagi hamkorlik davrida O‘zbekistonning Ittifoq mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 80 foizga oshib, o‘tgan yil yakuniga ko‘ra 18 milliard dollarni tashkil etdi.
Yakunda Davlatimiz rahbari O‘zbekistonning YOII doirasidagi ko‘p tomonlama dastur va loyihalarda ishtiroki iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga hamda mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi ta'kidladi.
Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_dae02bdf9af049ba9d4d653e.jpg)
O‘zbekiston Hisob palatasi vakillari Minsk shahridagi xalqaro seminarda ishtirok etdi
796
01.06.2026
Hisob palatasi xodimi “Oʻzbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
994
10.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_8ee2d5c87b8e0c37004f3603.jpg)
Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari auditi o‘tkazildi
461
06.01.2025
Toshkentda Davlat auditini raqamlashtirish va sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya tantanali ravishda ochildi
1258
23.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b11a867f7516bed652aa2890.png)
Toshkentda Davlat auditini raqamlashtirish va sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkaziladi
1348
17.05.2026