Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tashqi audit metodologiyasi shoʻbasi inspektori Jamalov Husniddinxon Faxriddin oʻgʻli “Oʻzbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
10.07.2026
Hisob palatasi xodimi “Oʻzbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
“Oʻzbekiston belgisi” ko‘krak nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 22-iyuldagi PF–1822-son Farmoni bilan ta’sis etilgan bo‘lib, milliy ma’naviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar asosida Vatan ravnaqi, jamiyat taraqqiyoti hamda mamlakatning xalqaro nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida beriladi.
H. Jamalov Hisob palatasida audit faoliyatini xalqaro standartlar (ISSAI) asosida takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy amaliyotga tatbiq etish, davlat auditi sohasida raqamli yechimlarni joriy qilish hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi qator ishlarga hissa qo‘shib kelmoqda.
Shuningdek, u Avstriya va Ozarbayjonda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya hamda seminarlarda ishtirok etib, orttirilgan tajribalarni davlat auditi tizimiga tatbiq etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borgan.
Bundan tashqari, Hisob palatasida ish jarayonlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlar bazalarini rivojlantirish va raqamlashtirishga qaratilgan loyihalarda, shuningdek, tashkilot tarixidagi ilk xalqaro konferensiyani tashkil etish ishlarida ishtirok etgan.
Hisob palatasi jamoasi Husniddin Jamalovni ushbu mukofot bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_10eb4852592b5a4e932300da.jpg)
BAYRAM TABRIGI
3612
28.08.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4a97b8c7aa2570bf83ff5c4a.jpg)
Shavkat Mirziyoev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat
3816
29.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_c9282825978461354603d927.jpg)
Fiskal shaffoflik bo‘yicha xalqaro hisobotda Hisob palatasi faoliyati ijobiy baholandi
523
27.08.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1ccfa3db3d276600090c5972.jpg)
BAYRAM TABRIGI
1289
26.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_fd463905e1e2ccceffe182b1.jpg)
Mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini yanada mustahkamlashning ustuvor vazifalari muhokama qilindi
2771
16.01.2026