Aziz yurtdoshlar! Sizlarni aziz bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan samimiy qutlaymiz.
28.08.2025
BAYRAM TABRIGI

Milliy davlatchiligimiz, o‘zligimiz va insoniy haq-huquqlarimizni tiklab bergan Mustaqillik ne'mati barcha tarixiy yutuq va marralarimizning zaminiga aylandi.
Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz boshchiligidagi keng qamrovli xalqchil islohotlar makoniga aylangan Yangi O‘zbekiston mintaqamiz va butun dunyoda o‘ziga xos ovozga ega suveren mamlakatdir.
Mamlakatimizning xayrli tashabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan keng quvvatlanayotgani barchamiz uchun quvonchlidir.
Bundan keyin ham davlatimiz Mustaqilligini asrab-avaylab, uning rivojiga munosab hissa qo‘shib yashash – biz uchun eng katta va sharafli mas'uliyatdir.
Aziz vatandoshlar!
Bugungi bayram munosabati bilan Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, tinchlik-totuvlik, hamjihatlik va farovonlik tilab qolamiz. Vatanimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringiz O‘zbekistonimizning qaddini va shon-shuhratini yuksaltirishga xizmat qilsin!
Yuksak hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_70e3a0fd263b61a431fdaa56.jpg)
Davlat auditi sohasida yangi ta’lim imkoniyatlari yaratilmoqda
3287
08.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_87181be0ae8060a65233a140.jpeg)
Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari mamlakatimizda AESning birinchi energiya bloki qurilishiga start berdilar
1049
06.06.2026
Hisob palatasida Bosh inspektorlar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etildi
1412
03.04.2026
Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasi raisi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
1228
09.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7f5559118da150080de915c2.jpg)
Hisob palatasi rahbariyati vakili O‘zbekiston futzal federatsiyasi vitse-prezidenti etib tayinlandi
1045
08.07.2026