O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 dekabrdagi “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–252-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida davlat organlari va tashkilotlarida joriy etilgan Hisob palatasining vakili- bosh inspektorlar uchun 3 kunlik chuqurlashtirilgan o‘quv-seminarlari tashkil etildi.
03.04.2026
Hisob palatasida Bosh inspektorlar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etildi
Mazkur o‘quv-seminarlar davlat organlari va tashkilotlarida yangi joriy qilingan Hisob palatasining vakili sifatida faoliyat yurituvchi Bosh inspektorlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularning vazifa va vakolatlarini chuqur anglashini ta'minlashga qaratildi.
Seminarlar davomida ishtirokchilarga Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar, xususan:
- byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish;
- qonunbuzilish holatlarining oldini olish va profilaktika choralarini tashkil etish;
- davlat xaridlari, investisiya loyihalari hamda infratuzilma ob'ektlari ustidan monitoring olib borish;
- xavf-xatarlarni baholash va tahlil qilish mexanizmlarini joriy etish yo‘nalishlarida atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, bosh inspektorlarning asosiy vazifalari, ularning hisobdorligi hamda “Davlat auditi” dasturiy kompleksida ishlash ko‘nikmalari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
O‘quv-seminarlarda zamonaviy yondashuvlar, jumladan, davlat auditi jarayonlarini raqamlashtirish, sun'iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash va masofaviy audit imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Ushbu tadbirlar Bosh inspektorlar faoliyatini samarali tashkil etish, davlat organlari va tashkilotlarida byudjet intizomini mustahkamlash hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadiga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d2a2673bdef33bed336fd3a2.jpeg)
Hisob palatasi delegasiyasi XXV INKOSAIda ishtirok etdi
1986
28.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_290d60d01c00bee880ecad07.jpg)
O‘zbekiston – Vengriya Oliy audit organlari Ishchi guruhining uchrashuvi
2279
28.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_dbc87cde76f1d257bb4de3b5.png)
Hisob palatasining birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha brifingi
2239
24.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_939e71af7d3d9867f31d3d13.png)
MDH Oliy audit organlari davlat auditi sifati masalalarini muhokama qildi
944
04.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_259f06fec5b8135f8e7ce06b.png)
O‘zbekiston va Tojikiston Hisob palatalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik izchil rivojlanmoqda
1072
26.03.2026