Joriy yilning 26-31 mart kunlari Vengriya Davlat audit idorasi raisi Laslo Vindish boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lgan edi.
28.07.2025
O‘zbekiston – Vengriya Oliy audit organlari Ishchi guruhining uchrashuvi

Ikki tomonlama hamkorlikka 2024 yilda Budapesht shahrida asos solingan edi. Ushbu tashrif davomida O‘zbekiston va Vengriya Oliy audit organlari o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolangan edi. Shuningdek, O‘zbekiston va Vengriya Oliy audit organlarining Maslahatlashuv kengashi tuzilib, birinchi maslahatlashuv uchrashuvini Samarqand shahrida o‘tkazishga kelishilgan edi. Joriy yilning 28 mart kuni Samarqand shahrida ushbu Maslahatlashuv kengashining birinchi uchrashuvi tantanali bo‘lib o‘tgan.
Tashrif yakunida O‘zbekiston va Vengriya Oliy audit organlari o‘rtasida 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi imzolangan edi.
Ushbu Chora-tadbirlar rejasi doirasida 29 iyul' kuni O‘zbekiston – Vengriya Oliy audit organlari Ishchi guruhining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Professional hujjatlar, xususan, audit metodologiyasi va texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha standartlar va qo‘llanmalarning o‘zaro almashinuvi va onlayn maslahatlashuvlarga to‘xtaldi.
O‘zbekiston – Vengriya Oliy audit organlari Maslahatlashuv kengashining 2026 yildagi navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga urg‘u berildi.
Shu bilan birga, joriy yilning 3-choragida Vengriya tomonidan Markaziy byudjet monitoringi va Oliy audit organining prognozlashtirish tahlillariga bag‘ishlangan vebinar tashkil qilish masalasi ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Hisob palatasi tomonidan Oliy audit organining raqamlashtirish, masofaviy monitoring va xavflarni baholash sohasidagi tajribasi yuzasidan Vengriya tomoni uchun vebinar tashkil qilishiga kelishildi.
Tomonlar Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq o‘zaro maslahatlashuvlarini davom ettiradilar.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_febc18d4b6f72531caabf8f9.jpg)
Pokistonlik auditorlar: “Raqamli davlat auditida xalqaro tajriba va o‘zaro fikr almashish muhimdir.”
937
26.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3e723a0064aa70e40a6aafac.jpg)
Hisob palatasi INTOSAIning Davlat qarzi bo‘yicha ishchi guruhiga a’zo bo‘ldi
973
26.06.2026
Hisob palatasida yil yakunlari sarhisob qilinib, kelgusi davr ustuvor vazifalari belgilab olindi
2459
29.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3605aadf183c654e28b05ee7.jpg)
Yaponiya delegatsiyasi vakili Yuiko xonim: “O‘zbekistonning raqamli audit sohasidagi yutuqlari kutganimizdan ham ilg‘or ekan”
970
24.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_499014276c65f9cfe1d766cb.jpg)
Davlat byudjetining 2024 yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tashqi auditdan o‘tkazildi
3434
25.05.2025