24.05.2026
Yaponiya delegatsiyasi vakili Yuiko xonim: “O‘zbekistonning raqamli audit sohasidagi yutuqlari kutganimizdan ham ilg‘or ekan”
Toshkent shahrida “Audit jarayonlarini raqamlashtirish va katta hajmli (Big Data) ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida Yaponiya delegatsiyasi vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari, davlat auditi sohasidagi innovatsion yondashuvlar hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Yaponiyalik ishtirokchilarning ta’kidlashicha, bu ularning O‘zbekistonga ilk tashrifi bo‘lib, mamlakatdagi ochiqlik, mehmondo‘stlik va zamonaviy islohotlar ularda katta taassurot qoldirgan:
“O‘zbekiston xalqi juda samimiy va mehmondo‘st ekan. Bu yerga yana do‘stlarimiz bilan birga kelishni istardik”, deya qayd etdi delegatsiya a’zolaridan biri.
Konferensiya doirasida Oliy audit organlari o‘rtasidagi hamkorlik, audit sohasida axborot va tajriba almashish, raqamli audit vositalarini joriy etish hamda zamonaviy tahlil usullarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Yaponiyalik mutaxassislar, ayniqsa, O‘zbekistonda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni davlat auditi tizimiga joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuqori darajada ekanini alohida ta’kidladilar.
“O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalari va raqamli yechimlar kutganimizdan ham rivojlangan ekan. Konferensiya juda foydali va amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi”, dedi delegatsiya vakili.
Shuningdek, Yaponiya delegatsiyasi a’zolari Hisob palatasining Masofaviy audit markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, mazkur markazda qo‘llanilayotgan innovatsion mexanizmlar va tahlil tizimlariga yuqori baho berdilar.
Ularning fikricha, markazdagi raqamli nazorat va tahlil mexanizmlari davlat auditining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Masofaviy markazdagi batafsil va innovatsion tizimlar bizda katta qiziqish uyg‘otdi. Bunday yechimlarni Yaponiyada joriy etish muayyan qiyinchiliklarni talab qilishi mumkin, ammo ushbu tajriba biz uchun juda foydali bo‘ldi”, — deyiladi bildirilgan fikrlarda.
Yaponiyalik ekspertlar audit jarayonlarida Big Data, videokuzatuv va raqamli monitoring tizimlaridan keng foydalanish bugungi kunda davlat auditining eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanayotganini ta’kidladilar.
Ta’kidlash joizki, mazkur xalqaro konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi — davlat auditi sohasida raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va Big Data asosidagi tahlil mexanizmlarini rivojlantirish, xalqaro tajriba almashish hamda Oliy audit organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b2c4f8f1b47d594c5f81beed.jpg)
Yirik korxonalarda xavflarni boshqarish sohasidagi tahlilar bo'yicha amaliy seminar
2817
13.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4979012c10f64bf739f3580b.jpg)
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Hisob palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
69
13.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_186f354188813d2f30c91e61.jpg)
XXV INKOSAI kun tartibida sun'iy intellekt texnologiyalarini auditda qo‘llash masalalari
1499
30.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_de1975c2b06cad015982fdfa.png)
Yangi bob boshlandi: O‘zbekiston Hisob palatasi GSAI Tashabbusiga qo‘shildi.
3476
15.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_87c989ec31934dec90aeffc9.jpg)
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan byudjet mablag‘larini sarflash borasida amalga oshirilgan ishlar
2739
03.07.2025