04.01.2026
Hisob palatasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasini o'rganishga bag‘ishlangan iqtisodiy o‘qish o‘tkazildi
Hisob palatasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va ko‘p millatli xalqimizga taqdim etgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish va uning ustuvor yo‘nalishlarini amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi.
Iqtisodiy o‘qish Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Abdullayev rahbarligida o‘tkazilib, unda rais o‘rinbosari S.Mirzayev tomonidan Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan asosiy yo‘nalishlar, joriy yilda erishilgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy natijalar hamda 2026-yil uchun belgilangan strategik vazifalar yuzasidan atroflicha axborot berildi.
Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari Murojaatnomasida iqtisodiyotni texnologik va innovatsion rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish, mahalla tizimini yanada mustahkamlash, “yashil” iqtisodiyot va ekologik barqarorlikni ta’minlash, shuningdek, davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, o'rganishda barcha idoralarda komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga mas’ul o‘rinbosar lavozimini joriy etilishi, Hisob palatasining vakili faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi hamda davlatning har bir so‘m mablag‘i va resursi bo‘yicha shaxsiy javobgarlikni kuchaytirilishi kabi islohotlar yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar konseptual o'rganildi.
Iqtisodiy o‘qish davomida Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Abdullayev Prezident Murojaatnomasi xalqimiz turmush tarzi farovonligini oshirishda, aholi uchun munosib hayot sharoitlarini yaratishda hamda mamlakatni barqaror rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi hamda Hisob palatasi xodimlariga belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, davlat mablag‘lari va resurslaridan samarali, maqsadli va oqilona foydalanish ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari yuzasidan tegishli eslatmalar berdi.
Mazkur iqtisodiy o‘qish Hisob palatasi jamoasi uchun Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatini yanada chuqur anglash, ularni amalga oshirishda idoraning o‘rni va mas’uliyatini oshirishga xizmat qildi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/7d1ec744-a4f3-2974-90f1-a482cd8e663b.jpg)
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik
3225
13.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_19ef958e33e7204b96fe2908.jpg)
Hisob palatasining 2024 yilgi faoliyati bo‘yicha hisoboti
2028
29.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_23bd2c310afec0c1be6c4b8f.jpg)
Siyosiy partiyalarning 2025-yildagi moliyaviy hisobotlari auditi
70
15.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_84978c94c7dc24317a6a15f8.jpg)
Hisob palatasining 9 oylik faoliyati yakunlari bo‘yicha brifing
1448
05.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7c2ad960197aca90a6300cc2.jpg)
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining byudjet ijrosi bo‘yicha taqdimoti tinglandi
1163
08.07.2025