Hisob palatasi tomonidan “Yashil makon” loyihasi doirasida hamda o‘rmonlarni boshqarish tizimida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi auditdan o‘tkazildi.
23.03.2026
“Yashil makon” loyihasi auditi

Audit 2023–2024 yillar va 2025 yilning 9 oyini qamrab olgan holda O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi tizimi hamda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari misolida o‘tkazildi.
O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi tizimidagi 79 ta o‘rmon xo‘jaligi balansida 7,1 mln ga, shundan 4,2 mln ga o‘rmonli (71 foizi yoki 3 mln ga o‘rmon) va 2,9 mln ga o‘rmonsiz (72 foizi yoki 2,1 mln ga yaylov) yerlar mavjud.
2021–2025 yillarda o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi islohotlar natijasida qo‘shimcha 1,5 mln ga (2019 yil holatiga – 3,2 mln ga) o‘rmonzor va butazor maydonlari tashkil etilgan.
Shuningdek, 6,1 ming tonna daraxt va butalar urug‘i, 599,1 mln dona daraxt va butalarning nihol va ko‘chatlari yetishtirilgan hamda 10,7 ming ga maydonda ihota daraxtzorlari barpo etilgan.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, ko‘paytirish, mablag‘lardan oqilona foydalanishda bir qator kamchiliklar aniqlandi. Jumladan:
– o‘rmon xo‘jaliklarida xodimlarga munosib mehnat va moddiy-texnik sharoitlar yetarli darajada yaratilmaganligi;
– o‘rmon qo‘riqchilari uchun har yili kamida 50 tadan o‘rmonchilar uyi va kuzatuv minoralari qurish vazifasi belgilangan bo‘lsa-da, me’yor bo‘yicha tashkil etilmaganligi;
– o‘rmon xo‘jaliklarida o‘rmon muhofazasiga mas’ul ishchilar maxsus transport vositalari, asbob-uskunalar (binokl, dron, ratsiya, videokuzatuv va boshqalar), kiyim-bosh bilan yetarli ta’minlanmaganligi;
– “Yaylovlar to‘g‘risida”gi Qonunga asosan yaylovlarda geobotanik tadqiqotlar yetarli amalga oshirilmaganligi;
– o‘rmon xo‘jaliklari fondi hisobidan chiqarilgan yer maydonlaridan belgilangan loyihalar o‘rniga boshqa maqsadlarda foydalanilganligi;
– o‘rmon fondi yer maydonlarini ijaraga berish jarayonlarida belgilangan tartib-qoidalarga to‘liq rioya qilinmaganligi oqibatida ijara to‘lovlari intizomi ta’minlanmaganligi;
– daraxt kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligi, bunda “Yashil hudud” korxonasi imkoniyatlaridan samarali foydalanilmayotganligi qayd etildi.
Audit davomida “Yashil makon” loyihasi va o‘rmonlarni boshqarish tizimida samaradorlikni oshirish maqsadida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3877068db2acbfc4c659f3b6.jpg)
Iqtisodiyotda yuqori oʻsishni taʼminlash va aholi farovonligini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi
1154
20.07.2026
Xavflarni boshqarish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha seminar
2939
20.06.2025
Ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari bo‘yicha seminar
2340
07.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_af47320b0a0a27b80d826ef9.jpg)
Madaniyat vazirligi huzuridagi “Situatsion markaz”ning joriy faoliyati
2058
03.08.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6dbf9d59be56ce0e09bd0967.jpg)
Tijorat banklarida muammoli kredit qarzdorliklari masofaviy auditdan o‘tkazildi
2416
17.09.2025