Hisob palatasi tomonidan tijorat banklarida muammoli kredit qarzdorliklarini (NPL) qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar holati masofaviy auditdan o‘tkazildi.
17.09.2025
Tijorat banklarida muammoli kredit qarzdorliklari masofaviy auditdan o‘tkazildi

Ma'lumot uchun: Tijorat banklarining aktivlari 2025 yilning 1 avgust holatiga 852,4 trln so‘mni tashkil qilib, 553,1 trln so‘mi (65%) davlat ulushi mavjud 9 ta banklarga hamda 299,2 trln so‘mi (35%) boshqa banklarga to‘g‘ri keladi. Tijorat banklarining kredit portfeli 576,2 trln so‘mni tashkil qilib, shundan 392,5 trln so‘m qismi (68%) davlat ulushi mavjud banklarga to‘g‘ri keladi. Joriy yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida Banklarning aktivlari 83,1 trln so‘mga (+10,8%), kredit portfeli 43,1 trln so‘mga (+8%) oshgan.
Audit davomida banklar tomonidan muammoli kreditlarni undirishda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Masalan:
– Davlat ulushi mavjud banklarda muammoli kreditlar joriy yilning 7 oyi mobaynida O‘zsanoatqurilishbankda, Mikrokreditbankda, Milliybankda, Aloqabankda hamda Asakabankda oshgan;
– joriy yilning 1 avgust holatiga davlat ulushi mavjud banklar kredit portfelida muammoli kreditlarning eng yuqori ulushi Mikrokreditbankda
6,5 foizni, Biznesni rivojlantirish bankida 6,1 foizni va Asakabankda
4,8 foizni tashkil qilgan;
– muammoli kreditlarning bir qismi so‘ndirilmagan holda, bank xarajati hisobiga balansdan tashqari hisobvaraqlarga olib o‘tish orqali salmog‘i qisqartirilgan;
– joriy yilning 1 avgust holatiga 6 ta davlat ulushi mavjud tijorat banklari tomonidan kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun yetarli zaxiralar shakllantirilmagan;
– manfaatlar to‘ynashuviga yo‘l qo‘yish holatlari mavjud bo‘lib, bank xodimlariga aloqador shaxslarga tegishli kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar yuzaga kelgan;
– qarz oluvchining ish joyi va daromad manbai mavjud bo‘lsa-da, muammoli yoki balansdan tashqari kreditlarini undirish borasida yetarli ishlar tashkil qilinmagan.
Audit natijalaridan kelib chiqib, muammoli kreditlarni qisqartirishda banklar faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan Hisob palatasining tegishli tavsiyalari taqdim qilindi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7d047d561b6d4c5dfd0bffee.jpg)
Byudjet va ijro intizomini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi
2606
22.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_42dcbb49f67ce45f1f045b00.png)
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar
2058
03.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_9d2e8555e6cadb6b1e52c53e.png)
Byudjet ijrosi nazoratini kuchaytirish bo‘yicha yig‘ilish
2762
10.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_dd022c70a6bc8065769722fa.jpg)
O‘zbekiston – Xitoy Oliy audit organlari Ishchi guruhining uchrashuvi
2213
29.07.2025
Hisob palatasida Bosh inspektorlar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etildi
1412
03.04.2026