03.07.2025
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar
Prezident Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Boku shahriga keldi. Ikki mamlakat yetakchilari tor doirada uchrashuv va Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar.

O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida kooperatsiya va almashinuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Prezidentlar ko‘p qirrali hamkorlik barcha darajalarda jadal rivojlanib borayotganini qayd etdilar.
Tashrif davomida Boku shahrida "O‘zbekiston" bog‘i qurilishiga start beriladi va mamlakatimizning Ozarbayjondagi elchixonasi yangi binosi ochiladi.
Parlamentlar, hukumatlar, vazirliklar va hududlar darajasidagi amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. Xalqaro tuzilmalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta'kidlandi.
Tovar ayirboshlash va investisiyalar hajmini yiliga 1 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Transport-kommunikasiya sohasidagi sheriklikka alohida e'tibor qaratildi. O‘rta yo‘lakni rivojlantirishda ishtirok etish loyihalari muhokama qilindi. Ushbu yo‘lak orqali tashilayotgan O‘zbekiston yuklari hajmi 25 foizga - 1 million tonnadan ziyodga oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Majlisda Hukumatlararo komissiya hamraislari, transport, energetika va madaniyat vazirlarining muzokaralar kun tartibi yuzasidan hisobotlari tinglandi.
So‘ng Prezidentlar OAV vakillari bilan uchrashuvda muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdilar.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_fde6b54263f40cb8d0b9d7dc.jpg)
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi muvofiqlik auditida qanday natijalarga erishildi
1174
30.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6ebec09264e7365a3513d763.jpg)
O‘zbekiston – Vengriya Oliy audit organlari Maslahatlashuv kengashining Samarqanddagi birinchi uchrashuvi
1514
27.03.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_755184cf347420455fad5399.jpg)
O‘zbekiston – Turkiya Oliy audit organlari munosabatlari yanada mustahkamlandi
2105
04.05.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/b6731ea1-091c-1ea0-a412-dbabadcee942.jpg)
Hisob palatasi xodimlari uchun ACCA o‘quv dasturi yo‘lga qo‘yildi
2391
02.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ab2441d04b3efc532dcd0366.jpg)
Tashabbusli budjet loyihalari samaradorligi bo‘yicha o‘rganish natijalari
715
12.07.2026