Hisob palatasi tomonidan byudjet ijrosi nazoratini kuchaytirish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh prokuratura huzuridagi Departament, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda vazirliklar va idoralardan yo‘nalish rahbarlari va mas'ul xodimlar ishtirok etdi.
10.06.2025
Byudjet ijrosi nazoratini kuchaytirish bo‘yicha yig‘ilish

Ma'lumki, Davlat rahbari tomonidan byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish va byudjet intizomini mustahkamlash bo‘yicha qat'iy topshiriq berilgan edi.
Uning ijrosini ta'minlash maqsadida Hisob palatasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining ko‘shma qarori imzolanib, chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Shuningdek, byudjetdan mablag‘ oluvchi asosiy 22 ta vazirlik va idoralar bilan ham qo‘shma qarorlar imzolanib, tegishli chora-tadbirlar qabul qilingan.
Bugungi yig‘ilishda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Hisob palatasi raisi o‘rinbosari S. Mirzayev yuqorida zikr qilingan chora-tadbirlardagi nazorat ishlarini tashkil etish, raqamlashtirish, maqbullashtirish, g‘aznachilikda joriy nazoratni kuchaytirish, xaridlar, investisiya, qurilish, tashqi qarz va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha joriy yildagi vazifalar ijrosini yanada samarali ta'minlash muhimligini ta'kidladi.
Uchrashuv ochiq va konstruktiv formatda bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilarga byudjet xarajatlarining samaradorligini oshirish va moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha yangi topshiriqlar berildi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_e692b4271fca99651024ee9c.png)
Osiyo taraqqiyot banki bilan munosabatlar faol rivojlanmoqda
2350
10.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_e57c2772e7746fb06c06b36f.jpg)
Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish strategiyasi ijrosi auditdan o‘tkazildi
392
05.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1b49450df6e1a5c0310cc667.jpg)
Joriy yilning 1-choragida Hisob palatasi tomonidan Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar kompleks baholashdan o‘tkazildi.
1205
27.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6fce33862eb98f56d2363cab.jpg)
Hisob palatasi ShHTga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi
1953
14.04.2025
TDIUda Hisob palatasi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
1140
25.06.2026