14.04.2025
Hisob palatasi ShHTga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi
Tojikistonning Dushanbe shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT)ga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlari rahbarlarining navbatdagi 7-uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Belarusь, Hindiston, Pokiston, Eron, Qozog‘iston, Rossiya Federasiyasi, Tojikiston, Xitoy Oliy audit organlari rahbarlari va ShHT kotibiyati vakillari ishtirok etdi.

Ma'lumot o‘rnida: ShHTga a'zo davlatlarning Oliy audit organlari rahbarlarining uchrashuvlarini o‘tkazish amaliyoti 2010 yilda tashkil etilgan. Unga hozirda 10 ta davlat kiradi. Uchrashuvlar har ikki yilda bir marotaba bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi nomidan Hisob palatasi raisi o‘rinbosari Sardor Mirzaev boshchiligidagi delegasiya qatnashdi.
Bu yilgi yig‘ilishning asosiy mavzusi davlat nazoratini kuchaytirish orqali suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat bo‘ldi. Bu mavzu mintaqadagi barcha davlatlar uchun eng ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Sardor Mirzaev o‘z nutqida hozirgi kunda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli muqaddam mavjud bo‘lgan nizoli masalalar bartaraf etilib, strategik ahamiyatga ega masalalar konstruktiv tarzda hal bo‘layotganini ta'kidladi.
Taqdimotda O‘zbekistonda hozirda suv resurslaridan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar haqida ma'lumot berildi. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda resurslarni tejaydigan va ekologik toza modelga o‘tish masalasiga alohida e'tibor qaratildi.
Xususan, iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini oldini olish maqsadida keyingi yillarda O‘zbekiston Hisob palatasi tomonidan suv resurslaridan barqaror foydalanish bo‘yicha o‘tkazilayotgan audit tadbirlari haqida ma'lumot berildi.
ShHTga a'zo davlatlar Oliy audit organlari suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalarida hukumatlar, xalqaro tashkilotlar va biznes hamjamiyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanligini ta'kidladi.
Uchrashuv doirasida Oliy audit organlari va delegasiya rahbarlari o‘z mamlakatlarining milliy tajribasi yuzasidan prezentasiyalar taqdim qildi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma bayonot va Harakatlar rejasi tasdiqlandi. Tashkilotga, shuningdek, Belarus va Eron Oliy audit organlari rasman qabul qilindi.
Ishtirokchilar tomonidan 2027 – 2029 yillar davomida ShHTga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlari rahbarlarining kengashi doirasida raislik qilish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga topshirildi. Shu munosabat bilan tuzilmaning keyingi 2027 yildagi uchrashuvini O‘zbekistonda o‘tkazish taklifi ma'qullandi.
Shu bilan birga, tashrif doirasida O‘zbekiston Hisob palatasi delegasiyasining uchrashuvga mezbonlik qilayotgan Tojikiston Hisob palatasi hamda Eron va Pokiston Oliy audit organlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Ma'lumot o‘rnida: Eron va Pokiston Oliy audit organlari bilan INTOSAI, AZOSAI va EKOSAI kabi xalqaro tuzilmalarda hamkorlik qilib kelinmoqda.
Ushbu uchrashuvlarda Tomonlar moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik auditlari standartlarini joriy etish, professional hujjatlar, uslubiy ishlanmalar almashish bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvlarni joriy qilish, kadralar salohiyatini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Har bir mamlakat bilan, o‘zaro xodimlar malakasini oshirish maqsadida onlayn va offlayn treninglar tashkil etish, audit standartlarini takomillashtish va boshqa maslalarni o‘z ichiga olgan maqsadli Hamkorlik memorandumini ishlab chiqish va imzolashga alohida e'tibor qaratildi.
ShHTga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlarining uchrashuvi muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi. U o‘ziga xos “Shanxay ruhi”ga mos bo‘lgan o‘zaro hurmat, ishonch va yaqin hamkorlik shiori ostida tashkil qilindi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_c188320c718b4587d59369bd.jpg)
Yirik korxonalarda xavflarni boshqarish sohasidagi tahlilarga bag'ishlangan amaliy seminar
124
13.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_42dcbb49f67ce45f1f045b00.png)
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar
157
03.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f3c009b9c3443b252646fc13.jpg)
Mahalliy byudjetlarning 2024 yil ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlari tashqi auditi natijalari kengashlarda muhokama qilindi
142
16.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_c8bb6d7c22e69c3d6b4a0540.jpg)
Vengriya Oliy audit organi O‘zbekiston Hisob palatasi bilan munosabatlari to‘g‘risida
290
03.04.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4e5e94d31f5bcec320360868.jpg)
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik
460
30.09.2025