29.10.2025
XXV INKOSAI doirasida MDH yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Ta'kidlanganidek, 2025 yilning 27-31 oktyabr' kunlari Misr Arab Respublikasining Sharm ash-Shayx shahrida XXV INTOSAIning kongressi – INKOSAI bo‘lib o‘tdi.

Uning doirasida MDH davlatlari Oliy audit organlari rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Armaniston, Belarus', Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy audit organlari rahbarlari ishtirok etdi.
Ushbu Kengash 2000 yildan beri mavjud bo‘lib, u 2 yilda bir marotaba MDH davlatlari Oliy audit organlari ishtirokida davlat auditi mavzusiga bag‘ishlangan muhokamalar tashkil etadi.
2025 yilgi Kengash yig‘ilishining mavzusi – “Davlat auditi jarayonlarida raqamli transformasiya: risklar, imkoniyatlar va innovasion yondashuvlar”.
Ushbu mavzuni tanlash tasodifiy emas. Raqamli davlat auditi mexanizmlarini joriy etish bugungi kunda davlat moliyasini samarali boshqarishning poydevori hisoblanadi.
Yig‘ilishda MDH davlatlari Oliy audit organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, raqamlashtirish sohasida tajriba almashinuvini tizimlashtirish, zamonaviy audit usullarini joriy etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
MDHga a'zo davlatlar Oliy audit organlari uchun davlat auditi standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhning faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etildi. Ushbu Ishchi guruh tomonidan tasdiqlangan uslubiy hujjatlarni tasdiqlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Bu yilgi yig‘ilishda MDH davlatlari Oliy audit organlari rahbarlarining Kengashiga 2025-2027 yillarda raislik qilish vakolati rasman O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullaev global miqyosda raqamli audit tizimini rivojlantirish tendensiyalariga urg‘u berib, O‘zbekistonda axborot texnologiyalari va raqamlashtirish sohasidagi transformasiyalar haqida axborot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining “Masofaviy audit markazi” faoliyati bo‘yicha ma'lumot berildi. Xususan, katta ma'lumotlar orqali risk tahlillarini avtomatlashtirish va audit qarorini qabul qilishda sun'iy intellekt algoritmlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy natijalar taqdim etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan Rezolyusiya va Qaror qabul qilindi. Ishtirokchi davlatlar audit faoliyatini amalga oshirishda zamonaviy raqamli texnologiyalar va ma'lumotlarni tahlil qilish usullarining muhim rolini ta'kidladilar. Ular yuqori sifatli va keng qamrovli ma'lumotlarga asoslangan raqamli auditning innovasion yondashuvlarini ishlab chiqishni o‘z oldiga maqsad qilib oldilar.
Sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, audit va ekspert tahlili faoliyati davomida tahlil ko‘lami va chuqurligini oshirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
Tomonlar audit ob'ektlarining ma'lumotlar bazalariga kirishni kengaytirish orqali masofaviy auditdan foydalanishni rag‘batlantirishni qayd etdilar.
2026 yilning kuz oylarida Samarqand shahrida “Davlat auditi jarayonlarini raqamlashtirish va sun'iy intelektdan foydalanish” mavzusida ko‘p tomonlama ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazishga kelishildi.
Ushbu Kengash yig‘ilishi MDHga a'zo davlatlar Oliy audit organlari o‘rtasidagi muloqotni yangi bosqichga olib chiqdi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_30f56f1464f6243f9c8709a0.jpg)
Kelgusi yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va davlat budjeti parametrlari muhokama qilindi
1365
28.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_2dd778565deb24d22e26ab2c.jpg)
Suv xo‘jaligi vazirligida ijro intizomiga bag‘ishlangan seminar bo'lib o'tdi
2567
07.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_170e3a8159c26d0bb4e46f28.jpg)
Sport vazirligida byudjet mablag‘larining samarali ishlatilishi ustidan monitoring
1317
06.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7c098013d043bb550d110d54.jpg)
Qirg‘iziston “Davlat auditining mustaqilligini ta'minlash” mavzusidagi seminarga mezbonlik qildi
1352
04.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_10eb4852592b5a4e932300da.jpg)
BAYRAM TABRIGI
938
28.08.2025