Suv xo‘jaligi vazirligida Davlatimiz Rahbarining topshirig‘iga asosan amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlar bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
01.09.2025
Suv xo‘jaligi vazirligida raqamlashtirish ishlari bo‘yicha muhokamalar

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Hisob palatasi va boshqa mas'ul vazirlik va idoralar rahbariyati va mas'ul hodimlari ishtirok etdi.
Ta'kidlanganidek, hozirda sohada jami 11 ta dolzarb axborot tizimlari ustida ish olib borilmoqda. Xususan, bular “Suv hisobi”, “Nasos stansiyalari”, “Melioratsiya” va boshqalar.
Qolaversa, vazirlik tizimida boshqaruv va ma'lumotlar yig‘ish jarayonlarini osonlashtirish maqsadida “Raqamli suv vaziyatlar markazi” ni tashkil etish bo‘yicha ishlar yakuniga yetkazilmoqda.
Muhokamada tegishli mas'ullarning hisobotlari eshitildi.
Hisob palatasi tomonidan axborot tizimlarini ishlab chiqishdagi muammolar ko‘rib chiqilib, ularning yechimlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6ff194cead0d3100fbcc9df9.jpg)
OTB: “Oliy audit organlarini mustahkamlash: O‘zbekistondan saboqlar”
1218
25.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_917e73b3b80a3f68bc1183f9.jpg)
Hisob palatasi INTOSAI Taraqqiyot tashabbusi bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda
2969
28.09.2025
O‘zbekiston va Qozog'iston Oliy audit organlari o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi
771
30.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b84f6e06edfef2d07bbc4eb4.jpg)
Oʻzsanoatqurilishbankda muammoli kredit qarzdorliklari tahlili natijalari
1072
01.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_665fabc75a11582d44cd77e7.jpg)
Hisob palatasi INTOSAIning Qazib oluvchi sanoat tarmoqlari auditi bo‘yicha ishchi guruhiga a’zo bo‘ldi
746
14.05.2026