25.03.2026
OTB: “Oliy audit organlarini mustahkamlash: O‘zbekistondan saboqlar”
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan yaqindan hamkorlik qilayotgan tashkilot hisoblanadi. OTB o‘zining “Development Asia” (“Osiyo taraqqiyoti”) nomli bilim almashish va hamkorlik platformasida “Oliy audit organlarini mustahkamlash: O‘zbekistondan saboqlar” sarlavhasi ostida maqola nashr qildi.

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida olib borilayotgan transformasiya va xalqaro standartlar asosida auditga o‘tish jarayonlari xaqida ma'lumot berilgan.
Maqolada ta'kidlanganidek, O‘zbekistonda amalga oshirilgan so‘nggi islohotlar Oliy audit organlarinining xalqaro standartlarga mos ravishda riskka asoslangan, ishonchga yo‘naltirilgan moliyaviy auditlarga qanday o‘tishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Ushbu tajriba Oliy audit organlarining xalqaro moliya institutlari (XMI) tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan loyihalarni nazorat qilishdagi rolini kengaytirish uchun amaliy modelni taqdim etadi.
Maqolada Hisob palatasi tomonidan OTB hamda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish” loyihasining xalqaro auditorlik standartlari (ISA) asosida ilk bor moliyaviy hamda muvofiqlik auditlari o‘tkazilgani ta'kidlandi.
Ushbu sinov loyihasi institusional imkoniyatlarni aniqlash, metodologiyalarni takomillashtirish va milliy Oliy audit organini Xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan moliyalashtiriladigan operatsiyalarning hisobotlari auditlarida jalb qilish bo‘yicha kelajakdagi strategiyalarni shakllantirish uchun muhim qadam bo‘lgani aytildi.
OTB O‘zbekiston Hisob palatasi tajribasini boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun uchta asosiy yo‘nalishda taklif etmoqda:
Xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarning Oliy audit organlari boshchiligidagi moliyaviy auditlarini o‘tkazishga - ruxsat beruvchi aniq huquqiy mandat bo‘lishi;
- institusional salohiyatni rivojlantirishning tizimi; va
- manfaatdor tomonlar bilan aniq belgilangan aloqa protokollari.
OTB, shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Hisob palatasi o‘z vazifa va institusional imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirganiga urg‘a bergan. Hisob palatasi INTOSAI va AZOSAIga qo‘shilib, moliyaviy, muvofiqlik va samaradorlik auditi funksiyalarini joriy etgan.
Ushbu islohotlar Hisob palatasining xalqaro standartlarga moslashishini kuchaytirib, uni tashqi moliyalashtiriladigan investisiya loyihalarining moliyaviy auditlarini o‘z ichiga olgan majburiyatlarni bajarishga imkon bergan, deya ta'kidlangan OTBning materialida.
Maqolaning to‘liq mazmuni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
https://development.asia/insight/strengthening-supreme-audit-institutions-lessons-uzbekistan

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_917e73b3b80a3f68bc1183f9.jpg)
Hisob palatasi INTOSAI Taraqqiyot tashabbusi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
1871
28.09.2025
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan maqsadli indikatorlar bajarilishini o‘rganish natijalari
414
15.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b802463fa079e7fe3e4fc61c.jpg)
Turkiy davlatlar Oliy audit organlari tashkiloti (TURKSAI) ga asos solindi
1092
23.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_59f9fe201a2ae32278204101.png)
Latviya Oliy audit organi vakillari Valentin Persans va Zane Vintere: Auditni raqamlashtirish istiqbollari haqida
123
24.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d9d2a8f0c6cc6276efcf7f65.jpg)
Yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish auditi
385
25.03.2026