Saytning eski versiyasiga o`tish

O'zb

27.10.2026

Özbekistonda Oliy audit organlari uçun mintaqaviy seminar ötkazilmoqda

27–29 oktyabr kunlari Toşkentda Markaziy va Ğarbiy Osiyo mamlakatlari Oliy audit organlari vakillari iştirokida mintaqaviy seminar bölib ötmoqda.

Seminarning birinçi kunidagi rasmiy oçilişda Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining örinbosari Jamşid Mirzayev iştirok etdi. Tadbirda Hisob palatasi mutaxassislari ham qatnaşmoqda.

 

Tadbir Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va INTOSAI Taraqqiyot taşabbusi (IDI) hamkorligida «BUSS» taşabbusi doirasida taşkil etilgan.

 

Unda Özbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozoğiston, Qirğiziston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya va Turkmaniston Oliy audit organlarining yuqori lavozimli vakillari, şuningdek, IDI boş direktori örinbosarlari Godvin Matte va Karma Tenzin boşçiligidagi delegatsiya , OTB va boşqa donor taşkilotlar vakillari iştirok etmoqda.

 

Rejalardan amaliy loyihalarga

 

Seminarning asosiy yönalişlaridan biri — Oliy audit organlari faoliyatini rivojlantirişga qaratilgan loyiha takliflarini işlab çiqiş. «BUSS» taşabbusi orqali uşbu loyihalarni amalga oşiriş uçun xalqaro hamkorlar kömagini jalb etiş imkoniyatlari körib çiqilmoqda.

 

Xalqaro hamkorlar bilan töğridan-töğri muloqot

 

Seminar dasturidan donor taşkilotlar bilan alohida uçraşuvlar ham örin olgan. Ularda iştirokçilar öz loyiha takliflarini taqdim etişi, ularni amalga oşiriş uçun zarur kömak yönalişlari va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilişi közda tutilgan.

 

Hisob palatasining rivojlaniş yönalişlari

 

Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi uçun auditlarni xalqaro standartlar asosida ötkaziş, idoraviy normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş va xodimlar malakasini oşiriş muhim yönalişlar hisoblanadi.

 

Seminar doirasida uşbu yönalişlar böyiça loyiha takliflarini şakllantiriş va ularni xalqaro hamkorlar bilan muhokama qiliş imkoniyati mavjud.

 

Mintaqaviy seminar 29 oktyabrga qadar davom etadi.

img-0
img-1