O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat xaridlari qonuniyligini audit qilish va budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash sho‘basi mudiri Anvarjon Azimovich Soliyev “Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
18.12.2025
SAMIMIY QUTLOVLAR

Ushbu mukofot A. Soliyevning ko‘p yillik samarali mehnat faoliyati, yuqori professional bilim va tajribasi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil qo‘llab-quvvatlash borasidagi munosib hissasining e’tirofidir.
Xususan, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan paxta va g‘alla yetishtirish jarayonlari uchun ajratilgan mineral o‘g‘itlar bo‘yicha mablag‘larning maqsadli va manzilli o‘zlashtirilishini ta’minlash, fermer va dehqon xo‘jaliklariga zarur resurslarning o‘z vaqtida yetkazib berilishi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish borasida salmoqli natijalarga erishildi.
Shuningdek, respublika miqyosida paxta va g‘alla hosili rejalarining muvaffaqiyatli bajarilishida, sohada vazirlik va idoralar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashda A. Soliyevning munosib hissasini alohida ta’kidlash zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi Anvarjon Soliyevni ushbu mukofot va e’tirof bilan samimiy qutlaydi. Uning mas’uliyatli faoliyatida yangi yutuqlar, yurtimiz qishloq xo‘jaligi va davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada rivojlantirish yo‘lidagi ishlarida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi


Boshqa yangiliklar
Hisob palatasi xodimi “Oʻzbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
994
10.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d97b629d89df728616b8969a.jpg)
Latviyada Oliy audit organlari ishtirokida yuqori darajadagi forum bo‘lib o‘tdi
558
17.08.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7f533ad76fbab9b42affdb93.jpg)
O‘zbekiston Prezidentining Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi
1870
24.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b802463fa079e7fe3e4fc61c.jpg)
Turkiy davlatlar Oliy audit organlari tashkiloti (TURKSAI) ga asos solindi
1855
23.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_9ea9a786478ca25f73bcfde0.jpg)
Suv xo‘jaligi vazirligida topshiriqlar ijrosi yuzasidan audit o‘tkazildi
3858
03.10.2025