03.10.2025
Suv xo‘jaligi vazirligida topshiriqlar ijrosi yuzasidan audit o‘tkazildi
Suv xo‘jaligi vazirligida Davlat Rahbari huzurida 2024 yil 7 noyabr' kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida suv xo‘jaligi yo‘nalishida berilgan topshiriqlar ijrosi o‘rganildi.

Unda topshiriqlar doimiy nazoratga olingan bo‘lib, ijro muddati kelgan topshiriqlar ijrosi to‘liq ta'minlanmaganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2024 yildagi PQ–454-sonli qaroriga asosan 2025 yilda kanallarni rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan mablag‘lar samaradorligi o‘rganildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan pudrat tashkilotlari tanlovi 10-69 kungacha kechiktirilib o‘tkazilganligi aniqlangan.
Shu bilan birga, joriy yil I chorakda kanallarda betonlashtirish ishlari bajarilgan bo‘lsa-da, bironta ob'ekt foydalanishga topshirilmaganligi ham aniqlangan.
Suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatilishi tahlil qilinganda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan foydalanmaslik holatlar ma'lum bo‘ldi.
Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2020-2025 yillarda bir qancha nasos stansiyalari modernizasiya qilish va samarali boshqarish sharti bilan DXSh asosida xususiy sherik boshqaruviga berilgan.
Biroq, Vazirlik tomonidan bu boradagi ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilmagan. Jumladan, tuzilgan bitimlar doirasida bajarilgan ishlar yuzasidan har olti oyda monitoring o‘tkazish ishlari muntazam ravishda amalga oshirilmagan;
Vazirlikda xususiy sherik tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar hujjatlar asosida qabul qilinmagan.
DXSh loyihalarini shakllantirish bo‘yicha xususiy sherik tomonidan investisiya kiritilishi va elektr energiyasini iqtisod qilinishi bo‘yicha minimal talablarni belgilovchi tartib mavjud emasligi aniqlandi.
Suv resurslari va elektr energiyasi hamda suv xo‘jaligi ob'ektlarining hisobini yuritishni avtomatlashtirish va raqamlashtirish borasidagi ishlar tahlil qilinganda sohada ishlab chiqilgan axborot tizimlari bugungi kunda to‘laqonli faoliyat yuritmayotganligi aniqlandi.
Yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Hisob palatasi tomonidan tegishli tashkilotlariga ko‘rsatmalar kiritildi.



Boshqa yangiliklar
“Davlat auditida katta hajmli ma’lumotlarni intellektual tahlil qilishda mavjud muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusida konferensiyaning ikkinchi parallel sessiyasi bo‘lib o‘tdi
281
23.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6ff194cead0d3100fbcc9df9.jpg)
OTB: “Oliy audit organlarini mustahkamlash: O‘zbekistondan saboqlar”
515
25.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_01897bf9acd5acd91ed6bcac.jpg)
Ijro intizomini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy seminar
1362
29.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6e9deb64da5fe8d989543bbc.jpg)
Hisob palatasi o‘z faoliyatini yangi binoda davom ettirmoqda
568
14.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0a4cb1ce52541ec4e5c44be7.jpg)
O‘zbekiston Prezidenti yangi formatdagi mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi
1491
15.11.2025