28.11.2025
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Zamonaviy chaqiriqlar sharoitida qonun ustuvorligini taʼminlash: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda davlat organlari, xorijiy ekspertlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, ilmiy doiralar hamda huquqni muhofaza qilish organlari mutaxassislari qatnashdi.
Konferensiya doirasida jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash, korrupsiyaga qarshi siyosat, kiberxavfsizlik, sunʼiy intellektni huquqiy tartibga solish, migratsiya jarayonlarida inson huquqlari, shuningdek, raqamli transformatsiya sharoitida huquqni muhofaza qilish sohasida taʼlim masalalariga bag‘ishlangan parallel sessiyalar tashkil etildi.
Tadbirning yalpi majlisida Hisob palatasi raisi o‘rinbosari S. Mirzayev mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berdi.
Xalqaro hamkorlikning mustahkamlanishi, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va davlat moliyaviy auditini raqamlashtirish jarayonida sunʼiy intellektdan foydalanish masalalariga urg‘u berildi.
Konferensiyaning “Korrupsiya 2.0: raqamli xatarlar va innovatsion yechimlar” yo‘nalishidagi sessiyada Hisob palatasi bosh inspektori, texnika fanlari doktori Sh. Fayziyev “Davlat auditida sunʼiy intellekt texnologiyalarini qo‘llash orqali korrupsion holatlarni oldini olish” mavzusida maʼruza qildi.
Taqdimotda sunʼiy intellekt asosida real vaqt rejimida risklarni aniqlash imkoniyatlari, davlat xaridlari, subsidiya va grantlar monitoringida avtomatlashtirilgan yechimlar, korrupsion omillarni erta aniqlash va oldini olishda maʼlumotlar tahlilining ahamiyati yoritildi. Shuningdek, Hisob palatasida joriy etilayotgan raqamli audit elementlari va istiqboldagi loyihalar kabi masalalarga eʼtibor qaratildi.
Konferensiya ochiq va konstruktiv muloqot formatida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida BMT, YEXHT, Yevropa Ittifoqi, UNESCO, IHTT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillarining fikrlari tinglandi.
Mazkur xalqaro anjuman huquqni muhofaza qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, kiberxavfsizlik va migratsiya sohalarida yuzaga kelayotgan global chaqiriqlarni baholash, ularning yechimlari bo‘yicha davlat organlari va xalqaro hamjamiyat vakillarining amaliy fikr almashinuvi uchun samarali platforma bo‘ldi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1ca624ef97a77e573f046641.jpg)
Oʻzbekistonda davlat auditi sohasi uchun yangi avlod kadrlarini tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi
1188
20.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7d047d561b6d4c5dfd0bffee.jpg)
Byudjet va ijro intizomini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi
2191
22.07.2025
Madaniyat vazirligiga Hisob palatasi vakili — Bosh inspektor tayinlandi
506
12.05.2026
Raqamli transformasiya davrida huquqni muhofaza qilish sohasidagi zamonaviy tahdidlar
3387
19.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_cb19b7d3952b5d0865a552eb.jpg)
Davlatimiz rahbari Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
627
23.05.2026