2025 yilning 31 avgust - 6 sentyabr kunlari Turkiya Hisob sudi (Oliy audit organi) qoshidagi Antalya-Manavgat o‘quv markazida O‘zbekiston Hisob palatasi auditorlari uchun o‘quv-treninglar tashkil etildi.
06.09.2025
O‘zbekiston Hisob palatasi auditorlari Turkiyadagi treninglarda ishtirok etdi

Unda, audit boshqaruv tizimi bilan bog‘liq 4 ta dolzarb mavzular bo‘yicha o‘quv treninglar tashkil etildi. Treningda Turkiya Hisob sudining tajribali auditorlari tomonidan moliyaviy hamda muvofiqlik auditlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Turkiya Hisob sudining “VERA” ma'lumotlarni tahlil qilish elektron axborot tizimi hamda ushbu dastur orqali risklarni aniqlash va auditda sun'iy intellekt yondashuvi bo‘yicha Turkiya tajribasi o‘rganildi.
Shuningdek, o‘quv trening davomida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan yirik loyihalarni (pullik avtomobil' yo‘llari, tibbiyot muassasalari, ko‘priklar hamda boshqa ob'ektlar) moliyalashtirish hamda unda davlatning ishtiroki, ushbu ob'ektlarni auditdan o‘tkazish tartiblari bo‘yicha nazariy va amaliy tushunchalar berildi.
Shu bilan birga, har bir ma'ruzadan so‘ng audit jarayonlarini tashkil etish, ularni o‘tkazish va hisobotlar tayyorlash bo‘yicha bir qator tavsiyalar hamda audit jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish masalalari bo‘yicha ilmiy-amaliy muhokamalar o‘tkazildi.
O‘quv trening yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Hisob palatasi auditorlariga sertifikatlar topshirildi. Kelgusida ham O‘zbekiston-Turkiya Oliy audit organlari o‘rtasida tajriba almashish hamda mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha tizimli hamkorlik davom ettirilishiga kelishib olindi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3b32a000cc64b771c8aababd.jpeg)
BAYRAM TABRIGI
1123
19.03.2026
Xitoy Milliy audit idorasi delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
2594
11.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_30ca5371ad72b0593bb53236.jpg)
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
702
29.08.2026
“Agroparranda klasteri” loyihasini moliyalashtirish va “Parrandasanoat” uyushmasini saqlash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi o‘rganildi
641
26.08.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7ab13ad0abc2fa6eef8a78b6.jpg)
Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt ishga tushirildi
607
25.08.2026