Joriy yilning 10 dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Milliy audit idorasi (Oliy audit organi) Bosh iqtisodchisi Li Vey (Li Wei) boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida amaliy tashrif bilan bo‘ldi.
11.12.2025
Xitoy Milliy audit idorasi delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
Ma’lumot o‘rnida: Joriy yilning 9–13 aprel kunlari Xitoy Bosh auditiori Xou Kaining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ikki mamlakat Oliy audit organlari o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolangan. 4–8 sentyabr kunlari O‘zbekiston Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullaev boshchiligidagi delegatsiyaning Pekin shahriga tashrifi davomida O‘zbekiston va Xitoy Oliy audit organlari o‘rtasida 3 yilga mo‘ljallangan Amaliy choralar rejasi imzolangan.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ikki idora vakillarining navbatdagi uchrashuvini o‘tkazish va davlat auditi sohasida o‘zaro tajriba almashishdir.
Uchrashuv avvalida M. Abdullaev O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar yuqori darajada ekanligini, Davlatimiz Rahbari tomonidan Xitoy bilan aloqalarni har tomonlama mustahkamlashga ustuvor e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston Hisob palatasida hozirda amalga oshirilayotgan islohot va transformatsiyalar haqida ma’lumot berildi. Hisob palatasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan Farmonlarning mohiyati tushuntirildi.
O‘zbekistonda davlat moliyaviy nazorati sohasini “Xitoy tajribasi” asosida rivojlantirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, Hisob palatasi vakillari tomonidan “Audit jarayonlarida axborot texnologiyalaridan (IT) foydalanish” tizimini rivojlantirish yuzasidan taqdimot qilindi.
Xitoy Milliy audit idorasi delegatsiyasi Hisob palatasining “Masofaviy nazorat markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tomonlar innovatsion audit texnologiyalari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish amaliyotini yanada kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.
Uchrashuvda ikki tomonning umumiy maqsadi — xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, samarali davlat auditi tizimini shakllantirishdan iborat ekani ta’kidlandi.
Boshqa yangiliklar
Soliqsiz tushumlarning budjetga hisobga olinishi bo‘yicha muvofiqlik auditi
1119
07.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f9d55e4d25ffcb48138900f6.png)
Misrlik auditor: “Sun’iy intellekt va raqamli audit davlat auditini yangi bosqichga olib chiqadi”
1031
22.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_492cf581b6fb26cb5f52c63e.jpg)
Toshkent shahrini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi
4945
15.12.2025
Ozarbayjon Hisob palatasi vakili Toshkentdagi xalqaro konferensiya va ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yuqori baholadi
965
23.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_113bceb5093935cc3d2baa77.png)
Uzluksiz elektron xizmatlarni joriy qilish bo‘yicha xalqaro virtual seminar
2052
22.09.2025