Yevropa Oliy audit organlari tashkiloti (EVROSAI)ning Axborot texnologiyalari bo‘yicha Ishchi guruhi tomonidan “Uzluksiz elektron xizmatlarni joriy qilish: katta muammolar va kichik g‘alabalar” mavzusida xalqaro virtual seminar tashkil qilindi.
22.09.2025
Uzluksiz elektron xizmatlarni joriy qilish bo‘yicha xalqaro virtual seminar

Seminarning asosiy tashkilotchilari – Chexiya va Estoniya Oliy audit organlari. Unda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakillari ham ishtirok etdi.
Ushbu seminar doirasida samarali va foydalanuvchilarga qulay raqamli davlat xizmatlarini yaratish yo‘llari muhokama qilindi. Unda elektron xizmatlarining rivojlanishini audit qilish va qo‘llab-quvvatlashda Oliy audit organlarining yetakchi o‘rni va tajribalari muhokama qilindi.
Tadbir avvalida Chexiya Respublikasi Oliy audit organi raisi Miloslav Kala va Estoniya Bosh auditori, Ishchi guruh raisi Yanar Xol'm uzluksiz elektron xizmatlarni joriy qilishda duch keladigan asosiy vazifa va muammolarga urg‘u berdi.
So‘ng Yevropa Komissiyasi vakili, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Niderlandiya, Sloveniya, Ruminiya, Bolgariya va Qatar Oliy audit organlari auditorlari tomonidan taqdimotlar berildi.
Samarali elektron xizmatlarini yaratishning zarur shartlariga oid panel muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Universitet boshqaruvini takomillashtirish va mavjud ma'lumotlarning shaffoflik darajasini oshirish uchun Integratsiyalashgan ta'lim registridan (REI) foydalanishga oid ham prezentasiya qilindi.
Shu bilan birga, davlat sektorida elektron xizmatlarga o‘tish yo‘lida axborot texnologiyalari auditini o‘tkazishga bag‘ishlangan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu virtual tadbir fikr almashish va muammolarni hal qilish uchun dinamik forum shaklida tashkil qilindi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ab2441d04b3efc532dcd0366.jpg)
Tashabbusli budjet loyihalari samaradorligi bo‘yicha o‘rganish natijalari
1093
12.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_c188320c718b4587d59369bd.jpg)
Yirik korxonalarda xavflarni boshqarish sohasidagi tahlilarga bag'ishlangan amaliy seminar
1939
13.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1ae5bb8f23d13809e328ce2d.jpg)
Tejamkorlik va barqarorlikni ta'minlashga bag‘ishlangan navbatdagi seminar
2394
05.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_24c7bc6272f538286fe1870d.jpg)
Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘quv seminari
2179
11.08.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_42dcbb49f67ce45f1f045b00.png)
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar
2058
03.07.2025