22.05.2026
Misrlik auditor: “Sun’iy intellekt va raqamli audit davlat auditini yangi bosqichga olib chiqadi”
Toshkent shahrida “Audit jarayonlarini raqamlashtirish va katta hajmli (Big Data) ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida ishtirok etgan Misr Oliy audit organi vakili Karim Ismoil Aziziddin tadbirning ahamiyati va davlat auditini raqamlashtirish bo‘yicha Misr tajribasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uning ta’kidlashicha, konferensiya davomida muhokama qilingan katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data), raqamli transformatsiya va sun’iy intellektga asoslangan audit yondashuvlari bugungi kunda Oliy audit organlari uchun eng dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
“Ushbu tadbirda ko‘tarilgan mavzular, ayniqsa davlat auditining zamonaviy bosqichida katta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda hukumat tizimlarining aksariyati raqamli transformatsiya bo‘yicha sezilarli natijalarga erishmoqda. Shu sharoitda an’anaviy audit usullaridan raqamli audit va sun’iy intellektga asoslangan tahlil mexanizmlariga o‘tish audit samaradorligini oshirishga xizmat qiladi”, — deydi Karim Ismoil.
Konferensiyada misrlik ekspert tomonidan o‘z mamlakatining ushbu sohadagi amaliy tajribasi taqdim etildi.
Jumladan, taqdimotda Misrda sun’iy intellektni boshqarish tizimi, uni davlat boshqaruvi jarayonlariga joriy etish, sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish strategiyasi hamda mamlakat Oliy audit organining besh bosqichli modeli haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, audit jarayonlarida sun’iy intellekt texnologiyalari va raqamli vositalardan foydalanish orqali tahlil sifati, tezkorlik va qaror qabul qilish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy yondashuvlar taqdim etildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur xalqaro konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan vazifalari ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi — davlat auditi sohasida raqamli texnologiyalar, Big Data va sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha xalqaro tajriba almashish, yosh auditorlarning raqamli tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Konferensiya Osiyo Oliy audit organlari xalqaro tashkiloti (AZOSAI) platformasida o‘tkazilib, unda a’zo davlatlar va xalqaro ekspertlar ishtirokida davlat auditining kelajagiga oid ilg‘or yondashuvlar muhokama qilinmoqda.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_97068a092541ecf6a23d6798.jpg)
O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi
1310
26.06.2025
Soliqsiz tushumlarning budjetga hisobga olinishi bo‘yicha muvofiqlik auditi
285
07.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_169a8b0a1ceeeafb885f801d.jpg)
O‘zbekistonda yirik energetika quvvatlari ishga tushirildi va navbatdagilarining qurilishi boshlandi
1836
04.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_74424cc4d871d936961aa303.jpg)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “2026 YIL UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BYUDJETI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI LOYIHASI VA 2026 YIL UCHUN BYUDJETNOMA BO‘YICHA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HISOB PALATASINING XULOSASI YUZASIDAN
916
20.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_917e73b3b80a3f68bc1183f9.jpg)
Hisob palatasi INTOSAI Taraqqiyot tashabbusi bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda
2140
28.09.2025