07.04.2026
Soliqsiz tushumlarning budjetga hisobga olinishi bo‘yicha muvofiqlik auditi
Hisob palatasi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida soliqsiz tushumlarning budjetga hisobga olinishi, budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar o‘rtasida taqsimoti bo‘yicha muvofiqlik auditi o‘tkazildi.
Ta’kidlash joizki, 2023–2025 yillarda undirilgan soliqsiz tushumlar ushbu davrdagi budjet daromadining 22,8 foizini tashkil qilgan (2023-yilda 21 foiz, 2024-yilda 21,8 foiz, 2025-yilda 24,8 foiz).
Audit jarayonida soliqsiz tushumlarni boshqarish va hisobini yuritishda tizimli kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.
Jumladan:
– soliqsiz tushumlar bo‘yicha to‘lovchilar, tushumlar, qarzdorlik va ortiqcha to‘lovlar kesimida markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi mavjud emas hamda uni yurituvchi vakolatli tashkilot belgilanmagan;
– ayrim tashkilotlarda billing tizimi joriy qilinmaganligi sababli soliqsiz tushumlarning hisobi inson omili bilan to‘ldiriladigan elektron hisobga olish kitobida yuritilmoqda.
Shuningdek, soliq bo‘lmagan tushumlardan tashkilotlarga ajratmalar yo‘naltirish amaliyoti keng qo‘llanilganligi tahlil qilindi.
Auditda 55 ta undiruvchi tomonidan 830 ta yo‘nalishda undirilgan soliqsiz tushumlar tahlil qilinib, davlat budjetiga qo‘shimcha mablag‘lar tushirish imkoniyatlari aniqlandi va ayrim sohalarda yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish borasida chora-tadbirlar belgilandi.
Audit natijasida soliqsiz tushumlarni tartibga solish hamda tushumlar hisobi to‘liqligini ta’minlash maqsadida 21 ta banddan iborat takliflar ishlab chiqildi.
Xususan:
– soliq bo‘lmagan tushumlar hisobini yuritish, undiruvni raqamlashtirish, tartib-taomillarni soddalashtirish hamda nazorat tizimi samaradorligini oshirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;
– soliq organlariga soliqsiz tushumlar bo‘yicha hisobot taqdim etish tartibini ishlab chiqish;
– vakolatli davlat organi va tashkilotlarda hisoblangan soliqsiz tushumlar va undirilgan mablag‘lar bo‘yicha hisobotni shakllantirish va Soliq qo‘mitasiga yuborish mexanizmini avtomatlashtirish shular jumlasidandir.
Audit jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralarga ko‘rsatmalar va tavsiyalar yuborildi.
O‘tkazilgan audit natijalari G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi rahbar va mas’ullari ishtirokida muhokama qilinib, xatoliklarni bartaraf qilish va kelgusida yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_259f06fec5b8135f8e7ce06b.png)
O‘zbekiston va Tojikiston Hisob palatalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik izchil rivojlanmoqda
256
26.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7646c770d6c55a3040e97b35.jpg)
BAYRAM TABRIGI
160
07.05.2026
Hisob palatasiga Sloveniya Respublikasi Oliy audit organi delegatsiyasi tashrif buyurdi
252
20.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7d181a9d778ddc8829570f58.jpg)
Buxoro viloyatida islohotlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
583
02.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1915d90a02d1d80db089b05a.jpg)
Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo taraqqiyot bankining yillik yigʻilishi doirasida hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berdi
259
04.05.2026