O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullaev boshchiligidagi delegasiya 2025 yilning 27-31 oktyabr' kunlari Misr Arab Respublikasining Sharm ash-Shayx shahrida bo‘lib o‘tgan XXV INTOSAIning kongressi – INKOSAIda ishtirok etdi.
28.10.2025
Hisob palatasi delegasiyasi XXV INKOSAIda ishtirok etdi

Ma'lumot o‘rnida: INTOSAI – Oliy audit idoralarining xalqaro tashkiloti bo‘lib, avtonom, mustaqil va siyosiy bo‘lmagan tuzilma hisoblanadi. U tashqi davlat auditorlari hamjamiyatini birlashtiruvchi tashkilot sanaladi. INTOSAI – BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi (EKOSOC) qoshida “maxsus konsultativ maqom”ga ega. Uch yilda bir marotaba INTOSAI butun dunyoning Oliy audit idoralari ishtirokida Kongress – INKOSAI o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi o‘z tarixida ilk bor INTOSAI Kongressida ishtirok etdi. Unda 200 dan ziyod davlatlar Oliy audit organlari rahbarlari va xalqaro tuzilmalar delegasiyalari ishtirok etdi.
Kongressning tantanali ochilishida Misr Arab Respublikasi Bosh vaziri doktor Mustafa Madbuli ishtirok etdi.
Kun tartibidan INTOSAI Boshqaruv Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘rin oldi. Tadbirda Avstriya, Buyuk Britaniya, Braziliya, Saudiya Arabistoni, Norvegiya, Hindiston va Misr Oliy audit organlari rahbarlari so‘nggi 3 yilda amalga oshirilgan ishlar va istiqbolli rejalar yuzasidan hisobot berdi.
Shuningdek, INTOSAIning hududiy bo‘linmalari – AZOSAI, YeVROSAI, ARABOSAI, AFROSAI, KAROSAI, PASAI tomonidan chiqishlar qilindi. INTOSAI Professional standartlar, Salohiyatni oshirish va Tajriba almashish qo‘mitalari tomonidan tematik taqdimotlar berildi.
Kongress doirasida tashqi ekspertlar ishtirokidagi muhokama sessiyalari va INKOSAI tematik mavzular bo‘yicha ishchi guruhlar yig‘ilishlari ham bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullaev INTOSAI Bosh kotibi, Avstriya Oliy audit organi rahbari Margit Kraker xonim bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki muassasa o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
INTOSAI bilan hamkorlik doirasida O‘zbekiston Hisob palatasi xodimlarini INTOSAI o‘quv dasturlari asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi kengaytirish, xorijiy tajriba asosida sertifikatlash amaliyoti joriy etishga kelishildi.
Kongress doirasida Hisob palatasi delegasiyasi qator muhim ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda keyingi nashrda beriladi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_665fabc75a11582d44cd77e7.jpg)
Hisob palatasi INTOSAIning Qazib oluvchi sanoat tarmoqlari auditi bo‘yicha ishchi guruhiga a’zo bo‘ldi
1105
15.05.2026
Latviya Respublikasi Davlat audit idorasi bilan Hamkorlik kelishuvi imzolandi
698
03.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4e5e94d31f5bcec320360868.jpg)
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik
4026
29.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3605aadf183c654e28b05ee7.jpg)
Yaponiya delegatsiyasi vakili Yuiko xonim: “O‘zbekistonning raqamli audit sohasidagi yutuqlari kutganimizdan ham ilg‘or ekan”
970
24.05.2026
Davlat qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar va investisiyalar bo‘yicha amaliy seminar
1948
16.09.2025