16.09.2025
Davlat qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar va investisiyalar bo‘yicha amaliy seminar
Hisob palatasi tomonidan Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda “Davlat qarzi hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarda investisiyalar o‘zlashtirilishini jadallashtirish hamda hisobdorlik shaffofligini ta'minlash” mavzusida 26 ta vazirlik va idoralar rahbariyati, mas'ul bo‘linmalari hamda loyihani amalga oshirish guruhlari xodimlari uchun amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda davlat qarzi holati va tendensiyasi, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilayotgan investisiya loyihalarni shakllantirish va jadallashtirish hamda hisobdorlik shaffofligini ta'minlash masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 11 fevraldagi “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-51-sonli qarori bilan joriy etilgan yangi qulayliklarga e'tibor qaratildi.
Shu bilan birga, seminarda Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Milliy statistika qo‘mitasi mas'ullari tomonidan seminar mavzusiga doir taqdimotlar amalga oshirildi.
Seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirigan masalalar bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.
Xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligiga e'tibor qaratish, qarz mablag‘lardan oqilona foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida Hisob palatasi va ishtirok etgan boshqa vazirliklar o‘rtasida muhim loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha maslahatlashuv uchrashuvlarini o‘tkazishga kelishildi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_917e73b3b80a3f68bc1183f9.jpg)
Hisob palatasi INTOSAI Taraqqiyot tashabbusi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
1585
28.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3f46fcfe37f656201ef62b96.jpg)
Mustaqillik bayrami munosabati bilan turli sohalar vakillariga oliy mukofotlar topshirildi
1024
26.08.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6f6c509bda2bf869253a3d1b.jpg)
Latviya Davlat audit idorasi rahbari Oliy Majlis palatalarida qabul qilindi
915
04.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/458ab4db-04c2-a944-9997-44e758329b59.jpg)
1203
26.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_186f354188813d2f30c91e61.jpg)
XXV INKOSAI kun tartibida sun'iy intellekt texnologiyalarini auditda qo‘llash masalalari
1017
30.10.2025