Saytning eski versiyasiga o`tish

O'zb

14.09.2025

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi delegatsiyasining Nankin audit universitetiga tashrifi

Joriy yilning 6 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullaev boshchiligidagi delegatsiyaning Nankin Audit universitetiga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi rahbariyatining Nankin Audit universitetiga ilk tashrifi hisoblanadi.

Ushbu marosimda Xitoy Milliy audit boshqarmasi Bosh auditori

Xou Kai, Nankin Audit universiteti partiya qo‘mitasi kotibi Dong Birong

va Universitet rektori Lu Xualian ishtirok etdi.

Tashrif doirasida ikki mamlakat Oliy audit organlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda audit va texnika sohalarida dolzarb ilmiy izlanishlar uchun texnika fanlari doktori M. Abdullaevga Nankin Audit universitetining “faxriy professori” unvoni topshirildi.

Xou Kai M. Abdullaevni yangi faxriy unvon taqdim etilgani bilan samimiy tabrikladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, M. Abdullaev tomonidan amalga oshirilgan ilmiy izlanish va amaliy faoliyat O‘zbekistonda davlat tashqi auditi sohasini riovjlantirishga hissa qo‘shadi.

Universitet rektori Lu Xualian ushbu marosim Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni chuqurlashtirish va audit sohasida hamkorlikni kengaytirishda muhim bosqich ekanligiga ishonch bildirdi. U audit sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va global boshqaruvni ilgari surishda hamkorlik qilishga umid bildirdi.

O‘z navbatida, M. Abdullaev ikki davlat Oliy audit organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yuqori baholab, Nankin Audit universitetining “faxriy professori” etib tayinlangani ulkan sharaf ekanligini ta'kidladi. So‘ng universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari oldida ma'ruza qildi.

Shu bilan birga, ayni paytda O‘zbekiston Hisob palatasining 2 nafar mas'ul xodimi Nankin audit universitetining Audit bo‘yicha 2-yillik magistratura dasturi doirasida tahsil olishni boshlagani aytildi.

Tadbir doirasida, shuningdek, M. Abdullaev, Lu Xualian va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining birinchi prorektori S. Mehmonov ishtirokida Nankin Audit universiteti, O‘zbekiston Hisob palatasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra, Tomonlar qo‘shma akademik tadbirlar o‘tkazish, professor-o‘qituvchilar salohiyatini rivojlantirish, talabalar almashinuvi va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Yana bir muhim jihat. Nankindagi tadbir doirasida Buxoro davlat universiteti va Nankin audit universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjatni Buxoro davlat universiteti Kuzatuv kengashi raisi M. Abdullaev imzoladi.

Yuqoridagi memorandumlar yetuk O‘zbekiston va Xitoy universitetlari o‘rtasida davlat sektori auditi, mintaqalararo tadqiqotlar va ko‘plab boshqa sohalarda akademik va professional hamkorlik asoslarini yaratishga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida Xou Kai bir qator yuqori natijalarni namoyon qilgan talabalarga “Bosh auditor stipendiyasini” tantanali topshirdi.

img-0
img-1img-2