12.05.2026
Madaniyat vazirligiga Hisob palatasi vakili — Bosh inspektor tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir PF-252-son Farmon ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi. Unda “aniqlash emas, oldini olish” tamoyiliga asoslangan mutlaqo yangi nazorat modeli shakllanayotgani alohida ta’kidlandi. Mazkur yondashuv moliyaviy qonunbuzilishlarning oqibatlarini bartaraf etishdan ko‘ra, ularning kelib chiqish sabablarini barvaqt aniqlash va oldini olishga ustuvor ahamiyat qaratishni nazarda tutadi.
Tadbirda vazirlikning rahbar xodimlari, shuningdek tizimga kiruvchi 40 ta tashkilotdan 60 nafardan ortiq mas’ul rahbar va mutaxassislar, jumladan bosh hisobchilar, ichki audit va komplaens xizmatlari vakillari ishtirok etdi.
Seminar davlat moliyaviy nazoratini yangi bosqichga olib chiqish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda amaliy mexanizmlarni takomillashtirishga qaratildi. Unda amalga oshirilayotgan islohotlar, ilg‘or tajribalar va yangi nazorat usullari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir davomida Hisob palatasining Madaniyat vazirligidagi vakili — bosh inspektor Sh. Musalimov tomonidan kun tartibidagi masalalar, jumladan Prezident farmonining mazmun-mohiyati, yangi joriy etilayotgan mexanizmlar hamda davlat auditi tizimidagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Qayd etilganidek, 2026-yil 1-apreldan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida Hisob palatasining vakili — bosh inspektor faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur institut davlat moliyaviy nazoratini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining “2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablag‘lari jami 1 282,4 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 970,5 mlrd so‘mi (75,7 foiz) tizim tashkilotlarini saqlash xarajatlariga, 267,0 mlrd so‘mi (20,8 foiz) rivojlantirish dasturlariga hamda 44,8 mlrd so‘mi (3,5 foiz) obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, budjet qonunchiligi buzilishlarining oldini olish, moliyaviy xavflarni barvaqt aniqlash, davlat mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, davlat xaridlarida qonuniylikni ta’minlash hamda korrupsiyaviy omillarni kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida sohadagi mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shu bilan birga, bosh inspektorlar instituti, doimiy monitoring va raqamli nazorat tizimlarini joriy etish orqali har bir budjet mablag‘i ustidan kuchaytirilgan nazorat o‘rnatilishi qayd etildi. Bu esa davlat mablag‘larining manzilli va samarali sarflanishini ta’minlash hamda shaffoflik darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0c8f0cc87c67833802a261ec.jpg)
“O‘ZSUVTA’MINOT” AJ FAOLIYATI, ICHIMLIK VA OQOVA SUV TA’MINOTI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR HAMDA TASHQI QARZ LOYIHALARI AUDITI NATIJALARI
214
11.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_991ee989985432086c3115eb.jpg)
Hisob palatasi delegasiyasi Xitoy milliy audit idorasining raqamlashtirish faoliyati bilan tanishdi
1087
14.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1ca624ef97a77e573f046641.jpg)
Oʻzbekistonda davlat auditi sohasi uchun yangi avlod kadrlarini tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi
135
20.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_de1975c2b06cad015982fdfa.png)
Yangi bob boshlandi: O‘zbekiston Hisob palatasi GSAI Tashabbusiga qo‘shildi.
3296
15.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_186f354188813d2f30c91e61.jpg)
XXV INKOSAI kun tartibida sun'iy intellekt texnologiyalarini auditda qo‘llash masalalari
1288
30.10.2025