Aziz Vatandoshlar! Yurtimiz taraqqiyotining mustahkam tayanchi va ishonchli huquqiy poydevori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi bilan Sizlarni samimiy muborakbod etamiz.
04.12.2025
BAYRAM TABRIGI

Bosh Qonunimiz mustaqillik yillarida davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarini yuksak qadrlash, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish hamda iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirishda muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasidagi “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili bugun barcha sohalarda adolat, xalqparvarlik va ochiqlik tamoyillari qaror topishining bosh mezoniga aylangan.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi ham Konstitutsiyamizda belgilangan vazifalar hamda demokratik tamoyillar asosida davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish, byudjet mablag‘larining maqsadli, oqilona va samarali sarflanishini taʼminlash yo‘lida izchil faoliyat yuritmoqda.
Bizning asosiy maqsadimiz — xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladigan samarali va masʼuliyatli davlat moliyaviy boshqaruvini yaratishga hissa qo‘shishdir.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Sizlarga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga tinchlik va fayzu baraka, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi orzu-intilishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
O‘zbekistonimiz tinch, farovon va buyuk kelajak sari dadil odimlayversin!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_e982de687472fc803edf05cc.jpg)
2026-yil mahalliy budjetlarini muhokama qilishda Hisob palatasi xulosalari taqdim qilinmoqda
2637
28.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/fbcf64f7-0444-c01a-bd7a-98fdaf65f692.jpg)
Rossiya Federatsiyasi Hisob palatasi asos solinganining 30-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar
1964
16.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/7f8f3baf-f6f4-aa56-9c1a-0cedc39e389c.png)
Hisob palatasining 2024 yil yakunlari bo‘yicha brifingi
2073
13.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3d47ecf92df37a91835fcf90.jpg)
“Yashil makon” loyihasi doirasida hamda o‘rmonlarni boshqarish tizimida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi auditi
1077
01.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7d047d561b6d4c5dfd0bffee.jpg)
Byudjet va ijro intizomini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi
2606
22.07.2025