28.12.2025
2026-yil mahalliy budjetlarini muhokama qilishda Hisob palatasi xulosalari taqdim qilinmoqda
O‘zbekiston Respublikasining “Hisob palatasi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Budjet kodeksi talablariga muvofiq, Hisob palatasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2026-yil uchun mahalliy budjet loyihalari bo‘yicha xulosalar tayyorlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-son Farmoniga asosan mazkur xulosalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari majlislarida Hisob palatasi mas’ul vakillari ishtirokida muhokama qilinishi belgilangan.
Shu munosabat bilan 2025-yilning 27-29-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Ushbu sessiyalarda Hisob palatasining 2026-yil mahalliy budjet loyihalari yuzasidan tayyorlangan xulosalari muhokama qilinib, ularda belgilangan taklif va tavsiyalar keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.
Muhokamalar davomida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish orqali mahalliy budjetlar daromad bazasini kengaytirish, yuridik shaxslarni sog‘lomlashtirish, qo‘shimcha soliq manbalari va ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlari alohida qayd etildi. Shuningdek, budjet xarajatlarini rejalashtirishda davlat va hududiy dasturlar, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat hamda kommunal xizmatlar xarajatlarining asosli va mutanosib rejalashtirilishiga e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 252-son Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Unga muvofiq, 2026-yil 1-apreldan boshlab 23 ta vazirlik va idoralarda, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida Hisob palatasining vakili sifatida bosh inspektor faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.
Mazkur Farmon doirasida budjet qonunchiligi buzilishining oldini olish, tashqi qarz mablag‘lari, investitsiya dasturlari va subsidiyalar hisobidan amalga oshirilayotgan xarajatlarning maqsadli, samarali va tejamkorlik tamoyili asosida sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish vazifalari belgilandi.
Sessiyalar yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Hisob palatasi xulosalarida aks etgan tavsiya va ko‘rsatmalar inobatga olinib, 2026-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini tasdiqlash to‘g‘risida tegishli qarorlar qabul qilindi.



Boshqa yangiliklar
Hisob palatasida davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan vebinar o‘tkazildi
592
27.02.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3b32a000cc64b771c8aababd.jpeg)
BAYRAM TABRIGI
287
19.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6fce33862eb98f56d2363cab.jpg)
Hisob palatasi ShHTga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi
1501
14.04.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3f46fcfe37f656201ef62b96.jpg)
Mustaqillik bayrami munosabati bilan turli sohalar vakillariga oliy mukofotlar topshirildi
1256
26.08.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/458ab4db-04c2-a944-9997-44e758329b59.jpg)
1454
26.01.2025