O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tashabbusi bilan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
05.05.2026
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida davlat moliyaviy nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Mazkur tadbir PF-252-son Farmon ijrosini ta’minlash, shuningdek davlat moliyaviy nazoratini tizimli ravishda kuchaytirishga qaratildi.
Tadbirda vazirlikning rahbar xodimlari, shuningdek vazirlik tizimiga kiruvchi 81 ta tashkilotdan 167 nafardan ortiq mas’ul rahbarlar, bosh hisobchilar, moliya-iqtisod hamda xaridlar, ichki audit va komplaens xizmatlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Hisob palatasining Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasiga vakili etib tayinlangan — bosh inspektor Sh. Usarov tomonidan kun tartibidagi masalalar, xususan, Prezident farmonining mazmun-mohiyati, sohada joriy etilayotgan yangi mexanizmlar hamda davlat auditi tizimidagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Qayd etilganidek, 2026 yil 1 apreldan boshlab davlat organlarida Hisob palatasi vakili — bosh inspektor instituti joriy etilgan bo‘lib, bu moliyaviy nazoratni yanada kuchaytirish va uning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining «2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasiga ajratiladigan budjet mablag‘lari jami 908,6 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan qo‘mitaning joriy xarajatlariga 296,2 mlrd so‘m (32,5 foiz), obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarga 64,4 mlrd so‘m (7,1 foiz), Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasiga transfertlar va boshqa xarajatlar uchun 548 mlrd so‘m (60,3 foiz) yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Seminar davomida budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, moliyaviy intizomni mustahkamlash va ichki nazorat tizimlarini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, davlat xaridlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga moliyaviy intizomni kuchaytirish, qonunbuzilishlarning oldini olish hamda nazorat samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_287ef3a2922143be6a50f67d.jpg)
TAYINLOV
1234
08.10.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_24c7bc6272f538286fe1870d.jpg)
Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha seminar
3552
11.08.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_de1975c2b06cad015982fdfa.png)
Yangi bob boshlandi: O‘zbekiston Hisob palatasi GSAI Tashabbusiga qo‘shildi.
4222
15.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4e5e94d31f5bcec320360868.jpg)
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik
4027
29.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_991ee989985432086c3115eb.jpg)
Hisob palatasi delegasiyasi Xitoy milliy audit idorasining raqamlashtirish faoliyati bilan tanishdi
1885
14.09.2025