11.08.2025
Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha seminar
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi “Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari samaradorligini oshirish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etdi.

Unda Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi va davlat tashkilotlari ichki audit xizmatlarining 250 ga yaqin xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda Hisob palatasi raisi o‘rinbosari S. Mirzayev Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 16 iyuldagi 446-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2025 — 2027 yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasi” asosida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida samarali ichki nazorat tizimini joriy etish masalasini ta'kidladi.
S. Mirzayev kelgusida ichki audit bo‘yicha xalqaro sertifikatlash tizimini yo‘lga qo‘yish, ichki audit xizmatlari OAVda o‘z faoliyatiga oid hisobotlarni jamoatchilikka e'lon qilib borishi hamda fuqarolar ishtirokidagi auditni kengaytirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr bildirdi.
Shuningdek, Hisob palatasining mas'ul xodimlari tomonidan davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida taqdimot qilindi.
Shu bilan birga, mas'ullar tomonidan “Davlat auditi” axborot tizimidan foydalanish holati va uni yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Seminar interaktiv muloqot formatida tashkil etildi.
Faoliyatga oid yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha tomonlarni qiziqtirgan savol va amaliy takliflar eshitildi.
Qayd etilgan muammolarning yechimlari yuzasidan Hisob palatasining mas'ul xodimlari tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.


Boshqa yangiliklar
“Davlat auditida katta hajmli ma’lumotlarni intellektual tahlil qilishda mavjud muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusida konferensiyaning ikkinchi parallel sessiyasi bo‘lib o‘tdi
672
23.05.2026
Hisob palatasiga Sloveniya Respublikasi Oliy audit organi delegatsiyasi tashrif buyurdi
716
25.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0c8f0cc87c67833802a261ec.jpg)
“O‘ZSUVTA’MINOT” AJ FAOLIYATI, ICHIMLIK VA OQOVA SUV TA’MINOTI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR HAMDA TASHQI QARZ LOYIHALARI AUDITI NATIJALARI
1871
11.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/fbcf64f7-0444-c01a-bd7a-98fdaf65f692.jpg)
Rossiya Federatsiyasi Hisob palatasi asos solinganining 30-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar
1684
16.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_680bb03e6d39f8b181bae313.jpg)
Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashib, yangi tashabbuslarni ilgari surdi
878
30.06.2026