23.02.2026
Davlat organlari “Situatsion markaz”larining faoliyati o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 dekabrdagi “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-252-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Hisob palatasi tomonidan 23 nafar davlat organlari Situatsion markazlarining faoliyati o‘rganildi.

Hisob palatasi tomonidan Situatsion markazlarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar bilan tanishilib, erishilgan natijalar hamda kelgusida rejalashtirilgan vazifalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, masofaviy nazorat tizimi samaradorligini oshirish va jarayonlarni raqamlashtirishga qaratilgan rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Undan tashqari, kelgusida tizimda byudjet mablag‘larini maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan monitoring va nazorat tizimini o‘rnatish hamda zamonaviy nazorat mexanizmlarini joriy etish yuzasidan vazirlik va idoralar rahbariyati hamda mas’ul xodimlariga Hisob palatasi tomonidan tavsiyalar bildirildi.
Idoralardagi o‘rganishlar natijalari yuzasidan amaliy xulosalar bayon qilinib, quyidagi asosiy yo‘nalishlarga urg‘u bergan holda ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqligi ma’lum qilindi:
- nazorat muhitining yaxlit va barqaror tizimini shakllantirish;
- xavflarni boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish;
- nazorat jarayonlari natijadorligini oshirish;
- axborot-kommunikatsiya tizimlarini takomillashtirish va raqamli yechimlarni keng joriy etish.
Raqamli maydonda xavflarni kamaytirish, ma’lumotlar xavfsizligi va konfidensiallikni ta’minlash, zamonaviy axborot texnologiyalari orqali shaffoflikni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Qayd etish joizki, ushbu chora-tadbirlar davlat organlarida nazorat muhitini mustahkamlash, xavflarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, byudjet mablag‘laridan oqilona hamda samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.



Boshqa yangiliklar
Ozarbayjon Hisob palatasi vakili Toshkentdagi xalqaro konferensiya va ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yuqori baholadi
668
23.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_5c8f21c8e004467c7e1ac669.jpg)
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Hisob palatasi xodimlari taqdirlandi
413
27.08.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ab2441d04b3efc532dcd0366.jpg)
Tashabbusli budjet loyihalari samaradorligi bo‘yicha o‘rganish natijalari
716
12.07.2026
O‘zbekiston va Qozog'iston Oliy audit organlari o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi
470
30.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7c2ad960197aca90a6300cc2.jpg)
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining byudjet ijrosi bo‘yicha taqdimoti tinglandi
2024
08.07.2025