Rossiya Federatsiyasi Hisob palatasi asos solinganining 30-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar
Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi Hisob palatasi asos solinganining 30-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari Sardor Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Maʼlumot o‘rnida: Rossiya Federatsiyasi Hisob palatasi – Konstitutsiyaga muvofiq tuzilgan Federal Majlis (Parlament)ga hisobdor bo‘lgan davlatning Oliy audit organi. Asosiy vazifasi – federal byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan nazorat qilish.
Shu munosabat bilan, Rossiya Federatsiyasi Hisob palatasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ushbu idora tomonidan 2024 yil davomida amalga oshirilgan audit tadbirlari va ularning natijalari yuzasidan maʼlumot berildi.
Moskvaga tashrif davomida S. Mirzayevning Rossiya Federatsiyasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari G. Izotova bilan ikki tomonlama amaliy uchrashuvi o‘tkazaldi. Uchrashuvda tomonlar idoralararo hamkorlikning asosiy natijalarini muhokama qilib, kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi delegatsiyasining MDH ga aʼzo mamlakatlar Oliy audit organlari delegatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuvlari kun tartibidan o‘rin oldi.
Xususan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Belarus Oliy audit organlari bilan ikki tomonlaman va xalqaro tuzilmalar (INTOSAI, AZOSAI, EKOSAI va MDH) doirasidagi hamkorlik yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar kadrlar salohiyatini oshirish, xalqaro audit standartlarini joriy qilish, qo‘shma audit loyihalarida ishtirok etish, o‘rta muddatli strategiyani ishlab chiqish jarayonida tajriba almashish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.
Hamkorlar kelajakda ham o‘zaro muloqotni jadallashtirishga kelishib oldilar.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_59f9fe201a2ae32278204101.png)
Latviya Oliy audit organi vakillari Valentin Persans va Zane Vintere: Auditni raqamlashtirish istiqbollari haqida
24.05.2026
TDIUda Hisob palatasi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
25.06.2026
Ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari bo‘yicha seminar
07.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_176288dd274399c845598a28.jpg)
Hisob palatasi auditi natijalari muhokama qilindi: kamchiliklarni bartaraf etish va tizimni takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi
26.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_c733748f82db1af1b56577bc.jpg)
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
28.11.2025