ASSA tashkiloti delegasiyasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida amaliy tashrif bilan bo‘ldi.
25.01.2026
Hisob palatasi va ASSA tashkiloti o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Uchrashuvda Tomonlar davlat moliyasini boshqarish, audit sohasida ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish hamda Hisob palatasi xodimlarining kasbiy malakasini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Ma'lumot uchun: ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) — jahondagi eng nufuzli xalqaro buxgalterlik va auditorlik tashkilotlaridan biri bo‘lib, 180 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi. ACCA xalqaro standartlar, moliyaviy hisobdorlik va auditorlar malakasini oshirish bo‘yicha ilg‘or bilimlarni tadbiq etishni o‘z oldiga maqsad qilgan.
Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullaev hozirda ushbu idorada amalga oshirilayotgan transformasiyalar haqida ma'lumot berdi. Hisob palatasi bugungi kunda o‘z faoliyatini xalqaro standartlar asosida qayta shakllantirish, auditni an'anaviy tekshiruvdan tahlil, baholash va professional xulosa berish tizimiga aylantirish ustuvor vazifa sifatida belgilagani ta'kidlandi.
O‘z navbatida, ASSA tashkiloti vebinarlar orqali Hisob palatasi xodimlarini ilg‘or xalqaro tendensiyalar bilan tanishtirish, maqsadli mavzularda qo‘shma konferensiyalar tashkil etish, ACCA o‘quv platformasida qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Hisob palatasi va ASSA tashkiloti o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Unda belgilangan vazifalar — Hisob palatasi xodimlari uchun o‘quv va uzluksiz kasbiy rivojlanish dasturlarini yo‘lga qo‘yish, texnik materiallardan foydalanish, qo‘shma konferensiyalar o‘tkazish, davlat auditorlarini sertifikatlashni qo‘llab-quvvatlash, O‘quv markazini akkreditasiyalash imkoniyatlarini o‘rganish.
Tomonlar auditorlik sohasidagi xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etish, malaka va salohiyatni oshirish bo‘yicha yangi qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_081857bdefd9270f506beed6.jpg)
O‘zbekiston – Vengriya Oliy audit organlari munosabatlari tarixining yangi sahifasi
2267
26.03.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0f843ff89edee2bc1d73beb4.jpg)
Hisob palatasi tashqi mehnat migratsiyasi sohasida audit o‘tkazdi
1793
01.02.2026
Xorazm viloyatiga Hisob palatasi vakili — Bosh inspektor tayinlandi
1132
28.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f2eefc76b12038aade06647e.jpg)
O‘zbekiston va Slovakiya Oliy audit organlari o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
334
17.09.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0209e740fd8485c962029a4d.jpg)
Qurilish materiallari sohasini rivojlantirish boʻyicha yangi vazifalar belgilandi
919
25.06.2026